فَوَقَىٰهُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِ مَا مَكَرُوا۟ ۖ وَحَاقَ بِـَٔالِ فِرْعَوْنَ سُوٓءُ ٱلْعَذَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Alloh uni makrlari yomonliklaridan saqladi va Fir'avn ahlini yomon azob o`rab oldi.Бас, Аллоҳ уни макрлари ёмонликларидан сақлади ва Фиръавн аҳлини ёмон азоб ўраб олди.Alauddin Mansour: Bas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr-hiylalaridan saqladi va Firʼavn xonadonini yomon azob oʻrab oldi.Бас, Аллоҳ у (иймон келтирган киши)ни уларнинг ёмон макр-ҳийлаларидан сақлади ва Фиръавн хонадонини ёмон азоб ўраб олди.
Alloh taolo mazkur moʻmin kishini Firʼavn va uning odamlari makr-hiylalarining yomonliklaridan qutqardi. Firʼavn ahlini esa, yomon azob oʻrab oldi. Oʻsha yomon azob nima ekani quyidagi oyatda bayon qilinadi: