ٱلنَّارُ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا غُدُوًّا وَعَشِيًّا ۖ وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ أَدْخِلُوٓا۟ ءَالَ فِرْعَوْنَ أَشَدَّ ٱلْعَذَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U olovdir. Unga ertayu kech ko`ndalang qilinurlar. Soat (qiyomat) qoim bo`lganida esa: «Fir'avn ahlini eng ashaddiy azobga kiritinglar», deyilur.У оловдир. Унга эртаю кеч кўндаланг қилинурлар. Соат (қиёмат) қоим бўлганида эса: «Фиръавн аҳлини энг ашаддий азобга киритинглар», дейилур.Alauddin Mansour: (U azob bir) olovdorki, ular erta-yu kech oʻshanga koʻndalang qilinib (kuydirilurlar). (Qiyomat) soati qoyim boʻladigan Kunda esa (doʻzax farishtalariga): «Firʼavn xonadonini eng qattiq azobga kiritinglar», (deyilur).(У азоб бир) оловдорки, улар эрта-ю кеч ўшанга кўндаланг қилиниб (куйдирилурлар). (Қиёмат) соати қойим бўладиган Кунда эса (дўзах фаришталарига): «Фиръавн хонадонини энг қаттиқ азобга киритинглар», (дейилур).
Demak, oʻsha, Firʼavn ahlini oʻrab olgan yomon azob bir olovdir. Ular oʻsha olovga doimo, ertayu kech koʻndalang qilib turiladilar. Yaʼni, qabrlarida qiyomatgacha olov bilan azoblanadilar.
«Soat (qiyomat) qoim boʻlganida esa: «Firʼavn ahlini eng ashaddiy azobga kiritinglar», deyilur.»
Yaʼni, qiyomat kuni Alloh tomonidan farishtalarga Firʼavn ahlini doʻzaxdagi eng ashaddiy azob ila azoblash haqida amr keladi.