QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят47

وَإِذْ يَتَحَآجُّونَ فِى ٱلنَّارِ فَيَقُولُ ٱلضُّعَفَـٰٓؤُا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًا فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا نَصِيبًا مِّنَ ٱلنَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda ular do`zaxda bir-birlari ila xusumat qilurlar. Bas, zaiflar mutakabbirlik qilganlarga: «Albatta, biz sizga ergashuvchi bo`lgan edik. Endi siz bizning do`zax nasibamizdan biror bo`lagini daf' qilasizlarmi?!» – derlar.Ўшанда улар дўзахда бир-бирлари ила хусумат қилурлар. Бас, заифлар мутакаббирлик қилганларга: «Албатта, биз сизга эргашувчи бўлган эдик. Энди сиз бизнинг дўзах насибамиздан бирор бўлагини дафъ қиласизларми?!» – дерлар.Alauddin Mansour: Oʻshanda ular doʻzaxda oʻzaro tortishib, bechora (ergashuvchi)lar mutakabbir kimsalarga (yaʼni, oʻzlarining sobiq yoʻlboshchilarga): «Bizlar sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizlardan doʻzax (azobi)dan biron boʻlagini dafʼ qila olurmisizlar?», der ekanlar;Ўшанда улар дўзахда ўзаро тортишиб, бечора (эргашувчи)лар мутакаббир кимсаларга (яъни, ўзларининг собиқ йўлбошчиларга): «Бизлар сизларга эргашган эдик, энди сизлар бизлардан дўзах (азоби)дан бирон бўлагини дафъ қила олурмисизлар?», дер эканлар;

472-sahifa · 24-juz · 48-hizb472-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva oʻshandaва ўшандаيَتَحَآجُّونَxusumat qilurlarхусумат қилурларفِى-da-даٱلنَّارِdoʻzaxдўзахفَيَقُولُbas, ayturlarбас, айтурларٱلضُّعَفَـٰٓؤُا۟zaiflarзаифларلِلَّذِينَulargakiуларгакиٱسْتَكْبَرُوٓا۟mutakabbirlik qilganlarмутакаббирлик қилганларإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизكُنَّاboʻlgan edikбўлган эдикلَكُمْsizgaсизгаتَبَعًۭاergashuvchiэргашувчиفَهَلْbas, -miбас, -миأَنتُمsizlarсизларمُّغْنُونَdaf qilguvchilarmiдаф қилгувчилармиعَنَّاbizdanбизданنَصِيبًۭاbiror boʻlaginiбирор бўлагиниمِّنَ-dan-данٱلنَّارِdoʻzax (nasibamiz)дўзах (насибамиз)
TafsirТафсир

Qiyomat qoim boʻlib, Allohning amri ila Firʼavn ahli eng ashaddiy azobga giriftor qilingan paytda, ular doʻzaxda turib bir-birlari bilan talashib-tortishadilar.

Avval bu dunyoda zaif holida kattalar va boshliqlarning gapiga kirib, ularga ergashib kofir boʻlib oʻtganlar soʻz ochadilar:

«Bas, zaiflar mutakabbirlik qilganlarga: «Albatta, biz sizga ergashuvchi boʻlgan edik...» deb gap boshlaydilar.

Bu dunyoda zaif boʻlib oʻtganlar Xudoga ham, bandaga ham mutakabbirlik qilib kofir boʻlgan, oʻzgalarni ham kufrga chaqirgan boshliqlariga taʼna bilan: «U dunyoda sizga ergashgan edik. Sizga ergashib, kofir boʻlgan edik. Sizlar, bizning aytganimizni qilaveringlar, bir narsa boʻlsa, biz javob beramiz», degan edingizlar. Qani, ayting-chi:

«Endi siz bizning doʻzax nasibamizdan biror boʻlagini daf qilasizlarmi?!» – derlar».

Mana, gapingizga kirib, biz ham doʻzaxga tushdik. Doʻzax azobiga duchor boʻldik. Endi bizning azobdan boʻlgan nasibamizdan biror ulushini daf qila olasizlarmi, deydilar