قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا كُلٌّ فِيهَآ إِنَّ ٱللَّهَ قَدْ حَكَمَ بَيْنَ ٱلْعِبَادِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mutakabbirlik qilganlar: «Albatta hammamiz uning ichidamiz. Shubhasiz, Alloh bandalar orasida hukm chiqarib bo`ldi», derlar.Мутакаббирлик қилганлар: «Албатта ҳаммамиз унинг ичидамиз. Шубҳасиз, Аллоҳ бандалар орасида ҳукм чиқариб бўлди», дерлар.Alauddin Mansour: Mutakabbir kimsalar aytdilar: «Bizlarning barchamiz shak-shubhasiz, (doʻzaxdadirmiz). Darhaqiqat, Alloh bandalari oʻrtasida Oʻz hukmini chiqardi».Мутакаббир кимсалар айтдилар: «Бизларнинг барчамиз шак-шубҳасиз, (дўзахдадирмиз). Дарҳақиқат, Аллоҳ бандалари ўртасида Ўз ҳукмини чиқарди».
Boʻlar ish boʻldi, endi bu savolni berib nima qilasizlar. Bu yerda u dunyodagiga oʻxshab katta, boshliq yoki zaifligiga qarab emas, qilgan amaliga qarab hukm chiqarilar ekan. Biz ham kufr keltirdik, siz ham kufr keltirdingiz va qilganimizga yarasha hammamiz jazoimizni oldik. Alloh hukmini chiqarib boʻldi. Hammamiz jahannamga tushdik.
Shu bilan jahannam egalari orasidagi oʻzaro janjal ham tamom boʻldi. Endi ular birgalashib, boshqa tomonga murojaat qilishga oʻtadilar: