وَقَالَ ٱلَّذِينَ فِى ٱلنَّارِ لِخَزَنَةِ جَهَنَّمَ ٱدْعُوا۟ رَبَّكُمْ يُخَفِّفْ عَنَّا يَوْمًا مِّنَ ٱلْعَذَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Do`zaxda turganlar jahannam qo`riqchilariga: «Robbingizga duo qilinglar, bizdan biror kun azobni yengillatsin», dedilar.Дўзахда турганлар жаҳаннам қўриқчиларига: «Роббингизга дуо қилинглар, биздан бирор кун азобни енгиллатсин», дедилар.Alauddin Mansour: (Shunda) doʻzaxdagi kimsalar jahannam qoʻriqchilariga: «Parvardigoringlarga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin», deb yolvorganlarida;(Шунда) дўзахдаги кимсалар жаҳаннам қўриқчиларига: «Парвардигорингларга дуо қилинглар, бизлардан бирон кунлик азобни енгиллатсин», деб ёлворганларида;
Bir-birlari bilan daʼvo talashish foyda bermasligiga ishonch hosil qilganlaridan keyin, doʻzaxda turgan hollarida, shoyadki, biror yorugʻlik chiqib qolsa, deb jahannam qoʻriqchilariga murojaat etadilar:
«Robbingizga duo qilinglar, bizdan biror kun azobni yengillatsin».
Ularning gapidan azobdan qutulishning yoki uni oʻzlari yengillatishlarining iloji yoʻqligiga ishonib yetganlari koʻrinib turibdi. Shuning uchun ham, ular jahannam qoʻriqchilari boʻlmish farishtalardan hech boʻlmasa bir kungina azobni yengillatishni soʻrab berishni iltimos qilmoqdalar.
Ularning bu iltimoslariga jahannam qoʻriqchilari savol bilan javob berdilar: