قَالُوٓا۟ أَوَلَمْ تَكُ تَأْتِيكُمْ رُسُلُكُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ ۚ قَالُوا۟ فَٱدْعُوا۟ ۗ وَمَا دُعَـٰٓؤُا۟ ٱلْكَـٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَـٰلٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Sizga Payg`ambarlaringiz ochiq-oydin hujjatlar bilan kelmagan edilarmi?!» – dedilar. Bular: «Ha», deyishdi. Ular: «Bas, duo qilaveringlar. Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas», dedilar.Улар: «Сизга Пайғамбарларингиз очиқ-ойдин ҳужжатлар билан келмаган эдиларми?!» – дедилар. Булар: «Ҳа», дейишди. Улар: «Бас, дуо қилаверинглар. Кофирларнинг дуоси залолатдан бошқа нарса эмас», дедилар.Alauddin Mansour: Ular aytdilar: «Axir sizlarga paygʻambarlaringiz aniq hujjatlar keltirmaganmidilar?!» «Ha, (keltirgan edilar, lekin bizlar ularni yolgʻonchi qilgan edik)», dedi ular. (Shunda farishtalar ularga) aytdilar: «U holda oʻzlaringiz duo-iltijo qilaveringlar. Kofirlarning duo-iltijolari albatta zalolatdadir (yaʼni, befoydadir)».Улар айтдилар: «Ахир сизларга пайғамбарларингиз аниқ ҳужжатлар келтирмаганмидилар?!» «Ҳа, (келтирган эдилар, лекин бизлар уларни ёлғончи қилган эдик)», деди улар. (Шунда фаришталар уларга) айтдилар: «У ҳолда ўзларингиз дуо-илтижо қилаверинглар. Кофирларнинг дуо-илтижолари албатта залолатдадир (яъни, бефойдадир)».
Jahannam qoʻriqchilari: «Nima sababdan bu holga tushib qoldingiz?! Sizga Paygʻambar kelib, shu kun boshingizga tushishi mumkinligidan ogohlantirmagan edimi?!»–deb soʻradilar. Shunda:
«Ular: «Ha», deyishdi».
Doʻzaxiylar: «Ha, Paygʻambarlarimiz bizga ochiq-oydin hujjatlar bilan kelgan edilar», deb javob qilishadi. Ularning bu eʼtiroflaridan keyin jahannam qoʻriqchilari uzil-kesil javobni beradilar:
«Ular: «Bas, duo qilaveringlar. Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas», dedilar».
Yaʼni, unday boʻlsa, bizga murojaat etib, Robbimizga duo qilib, sizlarga berilayotgan azobni yengillashtirishimizni soʻrab oʻtirmasdan, oʻzingiz duo qilaveringiz. Bilib qoʻyinglarki, kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas. Sizning duoingiz zalolatdir. Azobni tortaverasiz.
Endi mazkur oyatlarda oʻtgan maʼnolarga izoh beriladi: