QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят51

إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ ٱلْأَشْهَـٰدُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz Payg`ambarlarimizga va iymon keltirganlarga bu dunyo hayotida va guvohlar turgan kunda ham nusrat berurmiz.Албатта, Биз Пайғамбарларимизга ва иймон келтирганларга бу дунё ҳаётида ва гувоҳлар турган кунда ҳам нусрат берурмиз.Alauddin Mansour: Albatta Biz paygʻambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir boʻlib) turadigan Kunda (Qiyomatda) ham yordam berurmiz.Албатта Биз пайғамбарларимизга ва иймон келтирган зотларга ҳаёти дунёда ҳам, гувоҳлар (ҳозир бўлиб) турадиган Кунда (Қиёматда) ҳам ёрдам берурмиз.

473-sahifa · 24-juz · 48-hizb473-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизلَنَنصُرُnusrat berurmizнусрат берурмизرُسُلَنَاPaygʻambarlarimizgaПайғамбарларимизгаوَٱلَّذِينَva ulargakiва уларгакиءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларفِى-da-даٱلْحَيَوٰةِhayotiҳаётиٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёوَيَوْمَva kundaва кундаيَقُومُturganтурганٱلْأَشْهَـٰدُguvohlarгувоҳлар
TafsirТафсир

Yaʼni, Allohning nusrati bu dunyoda ham Paygʻambarlarga va moʻminlarga boʻladi, u dunyoda ham. U dunyoda Paygʻambarlar va moʻminlar uchun Allohning nusrati boʻlishi haqida hech kim, hatto kofirlar ham shak-shubha qilmaydi. Ammo bu dunyodagi nusrat haqida turli fikr va mulohazalar boʻlishi mumkin. Insoning tor fikri va qisqa oʻlchovi oqibatida «Paygʻambarlarga va moʻminlarga nusrat beradigan boʻlsa, nima uchun baʼzi Paygʻambarlar oʻldirilgan, baʼzilari azob-uqubatga uchragan, koʻplari hijrat qilishga majbur boʻlgan? Nima uchun, hozir guvoh boʻlayotganimizdek, koʻplab moʻminlar kofirlar tomonidan oʻldirilgan, qiynoqlarga solingan, qamalgan, quvilgan va boshqa xorliklarga uchragan?» degan fikrlar uygʻonadi. Bu kabi savollarga Qurʼoni Karim ruhini, Islom taʼlimotlarini yaxshi anglab yetgan ulamolarimiz atroflicha javob berganlar.

Avvalo, Paygʻambarlarga va moʻminlarga bu dunyoda nusrat berilishi haqida gap ketganida, bir shaxs, bir avlod, bir millat va maʼlum bir zamon nazarda tutilganmi? Qolaversa, «nusrat» deganda nima koʻzda tutiladi? Baʼzi odamlarni oʻldirish, baʼzilarini qamash, baʼzilarini kaltaklash va ayrimlarini quvib chiqarishmi? Agar har bir oʻldirgan gʻolib boʻlib, oʻldirilgan magʻlub hisoblanadigan boʻlsa, dunyoda oʻgʻri, muttaham va zolim-qonxoʻrlar gʻolib sanalgan boʻlar edi. Agar har bir qamagan gʻolib, qamalgan magʻlub sanalsa, adolat torozusi tamoman teskari tortilgan boʻlardi. Agar har bir quvgan gʻolib, quvilgan magʻlub hisoblansa, haqiqatning yuzi qorayib ketgan boʻlardi.