QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят52

يَوْمَ لَا يَنفَعُ ٱلظَّـٰلِمِينَ مَعْذِرَتُهُمْ ۖ وَلَهُمُ ٱللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوٓءُ ٱلدَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda zolimlarga ma'ziratlari naf bermas. Ularga la'nat bo`lg`ay va ularga yomon hovli joy bo`lg`ay.У кунда золимларга маъзиратлари наф бермас. Уларга лаънат бўлғай ва уларга ёмон ҳовли жой бўлғай.Alauddin Mansour: U Kunda zolim-kofir kimsalarga uzr-bahonalari foyda bermas va ularga laʼnat boʻlur, ularga eng yomon joy — doʻzax boʻlur.У Кунда золим-кофир кимсаларга узр-баҳоналари фойда бермас ва уларга лаънат бўлур, уларга энг ёмон жой — дўзах бўлур.

473-sahifa · 24-juz · 48-hizb473-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَ(oʻsha) kunda(ўша) кундаلَاemasэмасيَنفَعُnaf bermasнаф бермасٱلظَّـٰلِمِينَzolimlargaзолимларгаمَعْذِرَتُهُمْ ۖmaʼziratlariмаъзиратлариوَلَهُمُva ulargaва уларгаٱللَّعْنَةُlaʼnat boʻlgʻayлаънат бўлғайوَلَهُمْva ulargaва уларгаسُوٓءُyomonёмонٱلدَّارِhovli joyҳовли жой
TafsirТафсир

Iymon bilan kufr orasidagi kurash bir shaxs, bir avlod, bir zamonga bogʻliq emas. Balki bu kurash dunyo bunyod boʻlganidan boshlab, qiyomatgacha davom etadigan kurashdir. Bu kurash davomida turli holatlar boʻlib oʻtadi. Iymon tomonida turgan baʼzi kishilarning eʼtiqod yoʻlida shahid boʻlishlari ulkan nusrat boʻlishi mumkin. Hozirgacha butun dunyo qanchadan-qancha shahidlarni madh etib, ehtirom ila eslab kelmoqda, ularni shahid etgan qotillar esa, laʼnatlanmoqda. Qani, koʻraylik-chi, bu yerda nusrat shahidgami yo qotilga?! Baʼzi bir shahidlarning oʻlimi butun boshli ummatlarni gʻalabaga chorlagan vaqtlar ham boʻlgan. Demak, oʻlimning hammasi ham, xususan iymon yoʻlidagi oʻlim, magʻlubiyat hisoblanmaydi.

Shuningdek, iymon yoʻlida qamalganlar, azoblanganlar fidokorliklari bilan jallodlar ustidan doimo gʻolib boʻlganlar. Hozirda qanchadan-qancha qamalganlarga, azoblanganlarga hamma- hamma, hatto kofirlar ham tasanno oʻqimoqda, qamagan va azoblaganlarga laʼnatlar yogʻdirmoqda. Demak, har bir qamalish yoki azoblanish magʻlubiyat boʻlavermaydi.

Iymon va kufr orasidagi kurashda nusrat kimga boʻlishi tor oʻlchovda emas, balki keng mezonlar bilan oʻlchanadi. Iymonning qalblarda, yer yuzida tantanasi uchun insonning oʻzi saʼyi-harakat qilishini Alloh shart etgan ekan, uning yoʻlidagi qurbonlar, mashaqqatlar erishiladigan nusratning qiymatini oshiradi, qadrini koʻtaradi. Undan keyin, insoniyat tarixidagi iymon bilan kufr oʻrtasidagi kurashning oraliq natijalariga ham bir nazar solaylik. Ularning hammasi Paygʻambarlar va moʻminlarga nusrat berilishi bilan yakun topganini koʻramiz.

Ana oʻsha nusratlardan biri quyidagi oyatda eslatiladi: