وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْهُدَىٰ وَأَوْرَثْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْكِتَـٰبَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Musoga hidoyatni berdik va Bani Isroilni Kitobga voris qildik.Батаҳқиқ, Биз Мусога ҳидоятни бердик ва Бани Исроилни Китобга ворис қилдик.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz Musoga hidoyat ato etgan va Bani Isroilni Kitob-Tavrotga voris qilgan edik.Аниқки, Биз Мусога ҳидоят ато этган ва Бани Исроилни Китоб-Тавротга ворис қилган эдик.
Alloh taolo bu ikki oyatda Paygʻambarlariga va moʻmin bandalariga bu dunyoda nusrat berishiga misol qilib, Muso alayhissalomga hidoyat berganini, Bani Isroilni Tavrotga voris qilganini aytmoqda. Shu bilan birga, oʻsha narsalardan aqli bor kishilar toʻgʻri yoʻlga yoʻllanishi va eslatma olishi zarurligini ham taʼkidlamoqda.
Ana shundan keyin iymon bilan kufr orasidagi kurashning eng shiddatli nuqtasida turgan Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u kishiga ergashgan sahobai kiromlarga va keyinchalik butun dunyo kofirlari bilan qarama-qarshi turishlari, iymon yoʻlini himoya qilishlari kutilgan moʻmin-musulmonlarga ilohiy tavsiyalar, koʻrsatmalar keladi: