QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят54

هُدًى وَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Aql egalariga hidoyatchi va eslatma bo`lsin uchun.Ақл эгаларига ҳидоятчи ва эслатма бўлсин учун.Alauddin Mansour: Aql egalari uchun hidoyat va eslatma-ibrat boʻlgan (Kitobga voris qilgan edik).Ақл эгалари учун ҳидоят ва эслатма-ибрат бўлган (Китобга ворис қилган эдик).

473-sahifa · 24-juz · 48-hizb473-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُدًۭىhidoyatchiҳидоятчиوَذِكْرَىٰva eslatmaва эслатмаلِأُو۟لِىegalarigaэгаларигаٱلْأَلْبَـٰبِaqlақл
TafsirТафсир

Alloh taolo bu ikki oyatda Paygʻambarlariga va moʻmin bandalariga bu dunyoda nusrat berishiga misol qilib, Muso alayhissalomga hidoyat berganini, Bani Isroilni Tavrotga voris qilganini aytmoqda. Shu bilan birga, oʻsha narsalardan aqli bor kishilar toʻgʻri yoʻlga yoʻllanishi va eslatma olishi zarurligini ham taʼkidlamoqda.

Ana shundan keyin iymon bilan kufr orasidagi kurashning eng shiddatli nuqtasida turgan Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u kishiga ergashgan sahobai kiromlarga va keyinchalik butun dunyo kofirlari bilan qarama-qarshi turishlari, iymon yoʻlini himoya qilishlari kutilgan moʻmin-musulmonlarga ilohiy tavsiyalar, koʻrsatmalar keladi: