QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят55

فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَٱسْتَغْفِرْ لِذَنۢبِكَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِبْكَـٰرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Gunohing uchun istig`for ayt. Ertayu kech Robbingga hamd ila tasbih ayt.Бас, сабр қил. Албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Гуноҳинг учун истиғфор айт. Эртаю кеч Роббингга ҳамд ила тасбиҳ айт.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, sizga mushriklar tomonidan yetayotgan ozor-aziyyatlarga) sabr qiling — zero, Allohning (Oʻz paygʻambarlari va moʻminlarga yordam berish haqidagi) vaʼdasi haqdir va gunohingizga magʻfirat soʻrang hamda tunu kun Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang!Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, сизга мушриклар томонидан етаётган озор-азийятларга) сабр қилинг — зеро, Аллоҳнинг (Ўз пайғамбарлари ва мўминларга ёрдам бериш ҳақидаги) ваъдаси ҳақдир ва гуноҳингизга мағфират сўранг ҳамда туну кун Парвардигорингизга ҳамду сано айтиш билан (У зотни) покланг!

473-sahifa · 24-juz · 48-hizb473-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱصْبِرْbas, sabr qilбас, сабр қилإِنَّalbattaалбаттаوَعْدَvaʼdasiваъдасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингحَقٌّۭhaqdirҳақдирوَٱسْتَغْفِرْva istigʻfor aytва истиғфор айтلِذَنۢبِكَgunohing uchunгуноҳинг учунوَسَبِّحْva tasbih aytва тасбиҳ айтبِحَمْدِhamd ilaҳамд илаرَبِّكَRobbinggaРоббинггаبِٱلْعَشِىِّkechqurunкечқурунوَٱلْإِبْكَـٰرِva ertalabва эрталаб
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilish orqali har bir moʻmin bandaga iymon yoʻlida zarur boʻladigan omillar taqdim etilmoqda.

«Bas, sabr qil.»

Iymon yoʻlidagi kurashda eng zarur amallardan biri sabrdir. Sabrsiz bir narsaga erishish qiyin. Sabr faqat kofirlar, din dushmanlari va munofiqlar tomonidan boʻladigan ozorlarga, azob- uqubatlarga bardosh berishgina emas. Sabr ulkan zaruriyatdir. Havoyi nafsni jilovlab olish uchun ham sabr zarurdir. Kishilarni iymonga chaqirishda ham, Allohning amrlarini bajarishda ham, Alloh qaytargan narsalardan tiyilishda ham sabr zarurdir.

«Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir.»

Alloh Paygʻambariga va moʻmin bandalariga nusrat berishni vaʼda qilganmi, albatta vaʼdasining ustidan chiqadi. Sabr qilsang, bas, nusrat kelishida shubha yoʻq.

«Gunohing uchun istigʻfor ayt.»

Albatta, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning gunohlari yoʻq, lekin shunday boʻlsa ham, bu amrning kelishi ummatlari uchun taʼlimdir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam maʼsum boʻlsalar ham, Alloh taolo Qurʼoni Karimda u zotning avvalgiyu keyingi gunohlarini afv qilganini eʼlon qilgan boʻlsa ham, doimo istigʻfor aytar edilar. Moʻmin kishi gunohini eʼtirof qilib, doimo istigʻfor aytib yurishi uning iymon yoʻlidagi kurashida asosiy qurollaridan biridir. Albatta, istigʻfor maʼlum bir lafzlarni, jumladan, «Astagʻfirulloh»ni maʼnosiga ham eʼtibor bermay, quruq takrorlash emas, balki butun vujud bilan his etgan holda iymon va eʼtiqod ila tavba qilishdir.

«Ertayu kech Robbingga hamd ila tasbih ayt.»

Doimo, xususan ertalab va kechqurun Allohga hamdu sano ayt. U zotni turli ayb va nuqsonlardan poklab yod et. Mana shular iymon bilan kufr oʻrtasidagi kurashda iymon sohiblari uchun oʻta zarur omillardir. Chunki, kofirlar, din dushmanlari, munofiqlar doimo Allohning diniga qarshi chiqib, Allohning oyatlari haqida tortishib turadilar. Ularning ham bu ishda oʻzlariga yarasha omillari bor.