QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят83

فَلَمَّا جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَرِحُوا۟ بِمَا عِندَهُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida, ular o`zlaridagi ilm bilan maqtandilar. Va ularni o`zlari istehzo qilgan narsa o`rab oldi.Қачонки уларга Пайғамбарлари очиқ-ойдин ҳужжатлар билан келганларида, улар ўзларидаги илм билан мақтандилар. Ва уларни ўзлари истеҳзо қилган нарса ўраб олди.Alauddin Mansour: Chunki ularga paygʻambarlari (Allohga iymon keltirish va U zotga boʻyinsunish zarur ekanligi haqida) aniq hujjatlar keltirgan vaqtlarida ular oʻzlarining oldilaridagi (faqat dunyoviy boʻlgan) bilimlari bilan shodlanib-maqtandilar (va paygʻambarlari ogohlantirgan azobni masxara qilib kuldilar). Va ularni oʻzlari masxara qilguvchi boʻlgan (azob) oʻrab oldi.Чунки уларга пайғамбарлари (Аллоҳга иймон келтириш ва У зотга бўйинсуниш зарур эканлиги ҳақида) аниқ ҳужжатлар келтирган вақтларида улар ўзларининг олдиларидаги (фақат дунёвий бўлган) билимлари билан шодланиб-мақтандилар (ва пайғамбарлари огоҳлантирган азобни масхара қилиб кулдилар). Ва уларни ўзлари масхара қилгувчи бўлган (азоб) ўраб олди.

476-sahifa · 24-juz · 48-hizb476-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاqachonkiқачонкиجَآءَتْهُمْularga kelganlaridaуларга келганларидаرُسُلُهُمPaygʻambarlariПайғамбарлариبِٱلْبَيِّنَـٰتِochiq-oydin hujjatlar bilanочиқ-ойдин ҳужжатлар биланفَرِحُوا۟maqtandilarмақтандиларبِمَاnarsa bilanнарса биланعِندَهُمoʻzlaridagiўзларидагиمِّنَ-dan-данٱلْعِلْمِilmилмوَحَاقَva oʻrab oldiва ўраб олдиبِهِمularniуларниمَّاoʻsha narsaўша нарсаكَانُوا۟edilarэдиларبِهِۦuniуниيَسْتَهْزِءُونَistehzo qilib yurganистеҳзо қилиб юрган
TafsirТафсир

Oyatda mazkur kofir va mushrik qavmlarning halokatga uchrash sabablari bayon qilinmoqda. Oʻsha, qavmlarning halokatga uchrashlarining sababi shuki, Paygʻambarlari ularga Allohga iymon keltirib, ibodat qilish haqida ochiq-oydin hujjatlar keltirganlarida, ular oʻzlari bilgan narsadan qolmadilar. Oʻsha, oʻzlari bilgan narsa bilan maqtandilar. Bu ishlari oqibatida azobga uchrashlari mumkinligi aytilganida esa, ulardan istehzo bilan kuldilar.

«Va ularni oʻzlari istehzo qilgan narsa oʻrab oldi.»

Natijada, ham jismonan, ham maʼnan halok boʻldilar.