أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوٓا۟ أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةً وَءَاثَارًا فِى ٱلْأَرْضِ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi.Ахир, улар ер юзида юриб, ўзларидан олдингиларнинг оқибати қандай бўлганига назар солмайдиларми?! Ҳолбуки, ўшалар булардан кўра қувватлироқ ва ер юзида асарлари кўпроқ бўлган эдилар. Бас, уларга касб қилган нарсалари асқотмади.Alauddin Mansour: Axir ular Yer yuzida sayru-sayohat qilishib, oʻzlaridan avvalgi (oʻz paygʻambarlarini yolgʻonchi qilib iymonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini (ular qanday qismatga yoʻliqishganini koʻrsalar boʻlmaydimi?! Ular (Makka mushriklaridan) koʻra koʻproq hamda quch-quvvat va Yerdagi osori atiqalari jihatidan zoʻrroq edilar. (Ammo) ularga topgan (molu-dunyolari ham, kuch-quvvatlari ham) asqotgani yoʻq.Ахир улар Ер юзида сайру-саёҳат қилишиб, ўзларидан аввалги (ўз пайғамбарларини ёлғончи қилиб иймонсиз кетган) кимсаларнинг оқибатлари қандай бўлганини (улар қандай қисматга йўлиқишганини кўрсалар бўлмайдими?! Улар (Макка мушрикларидан) кўра кўпроқ ҳамда қуч-қувват ва Ердаги осори атиқалари жиҳатидан зўрроқ эдилар. (Аммо) уларга топган (молу-дунёлари ҳам, куч-қувватлари ҳам) асқотгани йўқ.
Bu mushriklar, kofirlar oʻzlari qanday odamlar? Alloh taoloning osmonlaru yerdagi, oʻzlaridagi, ularga bergan neʼmatlaridagi va boshqa koʻplab moʻʼjizalaridan ibrat olmasalar, insofga kelib, iymon keltirmasalar?! Hech boʻlmasa,
«Axir, ular yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?!»
Ulardan oldingi barcha kofir va mushriklarning, Allohning oyatlarini inkor qilganlarning oqibati voy boʻlganiga yer yuzining har boʻlagida hujjat-dalillar, guvohlar va belgilar toʻlib- toshib yotibdi-ku!
«Holbuki, oʻshalar bulardan koʻra quvvatliroq va yer yuzida asarlari koʻproq boʻlgan edilar.»
Yaʼni, oʻsha oldingi oʻtgan kofir va mushriklarning Makka mushriklaridan koʻra kuchlari koʻproq edi, yer yuzidagi asarlari moʻlroq edi.
«Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi.»
Baribir halok boʻldilar. Endi bularning halok boʻlishi juda ham oson.