وَقَالُوا۟ لِجُلُودِهِمْ لِمَ شَهِدتُّمْ عَلَيْنَا ۖ قَالُوٓا۟ أَنطَقَنَا ٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَنطَقَ كُلَّ شَىْءٍ وَهُوَ خَلَقَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular terilariga: «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz?» – dedilar. U(teri)lari: «Har bir narsani nutq qildirgan Alloh bizni ham nutq qildirdi. U zot sizlarni avval boshda yaratgan va Ungagina qaytarilursizlar», dedilar.Улар териларига: «Нима учун бизга қарши гувоҳлик бердингиз?» – дедилар. У(тери)лари: «Ҳар бир нарсани нутқ қилдирган Аллоҳ бизни ҳам нутқ қилдирди. У зот сизларни аввал бошда яратган ва Унгагина қайтарилурсизлар», дедилар.Alauddin Mansour: Ular terilariga: «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdinglar?», deyishganida, (terilari): «Bizlarni barcha narsani soʻzlatgan Zot — Alloh soʻzlatdi. Sizlarni dastlab U yaratgan va sizlar yana Uning Oʻzigagina qaytarilursizlar», dedilar.Улар териларига: «Нима учун бизга қарши гувоҳлик бердинглар?», дейишганида, (терилари): «Бизларни барча нарсани сўзлатган Зот — Аллоҳ сўзлатди. Сизларни дастлаб У яратган ва сизлар яна Унинг Ўзигагина қайтарилурсизлар», дедилар.
Qiyomat kuni kofirlarning oʻz tana aʼzolari oʻzlariga dushman boʻldi. Quloqlari, koʻzlari va terilari ularga qarshi guvohlik berdi. Bu holdan ularning oʻzlari ham hayratga tushdilar.
«Ular terilariga: «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz?» – dedilar.»
Ular, oʻzlaricha, bizning amallarimizni Alloh koʻrib oʻtiribdimi, deb yurgan edilar. Terilari ishni rasvo qilib, hamma narsani aytib qoʻyib, sharmanda etdi. Oʻzining terisi boʻlaturib ham shunday qiladimi? Achchiqlari chiqib, terilaridan nima uchun oʻzlariga qarshi guvohlik berganlarini soʻragan edilar:
«U(teri)lari: «Har bir narsani nutq qildirgan Alloh bizni ham nutq qildirdi», deb javob berishdi.
Biz oʻzimizcha gapirib ketaverganimiz yoʻq, bizni Alloh gapirtirdi. U, hamma narsani gapirtiradigan zotdir. Nima, sizlar bu haqiqatni bilmaysizlarmi?
«U zot sizlarni avval boshda yaratgan va Ungagina qaytarilursizlar», dedilar.»
Alloh sizlarni yoʻqdan bor qilgan zot-ku, nima uchun Unga dushman boʻldingiz, oʻzi?! Oxir-oqibat qaytib boradigan joyingiz ham faqat Allohning dargohi-ku! Nima uchun Unga iymon keltirmadingiz?! Nima uchun Unga ibodat qilmadingiz?! Yana, nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz, deysizlar!