وَمَا كُنتُمْ تَسْتَتِرُونَ أَن يَشْهَدَ عَلَيْكُمْ سَمْعُكُمْ وَلَآ أَبْصَـٰرُكُمْ وَلَا جُلُودُكُمْ وَلَـٰكِن ظَنَنتُمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَا يَعْلَمُ كَثِيرًا مِّمَّا تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Siz o`zingizga qarshi qulog`ingiz, ko`zlaringiz va terilaringiz guvohlik berishlaridan yashirinmas edingiz. Lekin Alloh qilayotgan amallaringizning ko`pini bilmas, deb gumon qilar edingiz.Сиз ўзингизга қарши қулоғингиз, кўзларингиз ва териларингиз гувоҳлик беришларидан яширинмас эдингиз. Лекин Аллоҳ қилаётган амалларингизнинг кўпини билмас, деб гумон қилар эдингиз.Alauddin Mansour: Sizlar (hayoti dunyoda gunoh ishlarni qilganlaringda sharmanda boʻlishdan qoʻrqib, odamlardan yashirinar edinglar-u, ammo) quloqlaringiz, koʻzlaringiz va terilaringiz oʻzlaringizga qarshi guvohlik berishidan (saqlanish uchun ulardan) yashiringuvchi emas edinglar, (chunki sizlar Qiyomat Kunida aʼzoyi badanlaringizga ham zabon berilishini bilmasdinglar). Lekin sizlar Alloh qilayotgan amallaringizdan koʻpini (yaʼni, odamlardan yashirincha qilgan gunohlaringizni) bilmaydi, deb oʻyladinglar.Сизлар (ҳаёти дунёда гуноҳ ишларни қилганларингда шарманда бўлишдан қўрқиб, одамлардан яширинар эдинглар-у, аммо) қулоқларингиз, кўзларингиз ва териларингиз ўзларингизга қарши гувоҳлик беришидан (сақланиш учун улардан) яширингувчи эмас эдинглар, (чунки сизлар Қиёмат Кунида аъзойи баданларингизга ҳам забон берилишини билмасдинглар). Лекин сизлар Аллоҳ қилаётган амалларингиздан кўпини (яъни, одамлардан яширинча қилган гуноҳларингизни) билмайди, деб ўйладинглар.
Siz gunoh ishlarni qilayotgan vaqtingizda, baʼzi odamlar guvoh boʻlib qolmasin deb, berkinsangiz ham, quloq, koʻz va terilaringizdan berkina olmas edingiz, bizga qarshi guvohlik bermaydi, deb oʻylardingiz. Umuman olganda, qilayotgan gunohlarimizni Alloh koʻrmaydi deb, gumon etar edingiz. Shu sababli, bemalol gunohlarni qilavergansiz.