QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят24

فَإِن يَصْبِرُوا۟ فَٱلنَّارُ مَثْوًى لَّهُمْ ۖ وَإِن يَسْتَعْتِبُوا۟ فَمَا هُم مِّنَ ٱلْمُعْتَبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sabr qilsalar, jahannam ularga makondir. Agar itobga qaytarishni talab qilsalar, ular itobga qaytariluvchi ham bo`lmaslar.Агар сабр қилсалар, жаҳаннам уларга макондир. Агар итобга қайтаришни талаб қилсалар, улар итобга қайтарилувчи ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Endi agar ular (azobga) chidasalar, ana oʻsha doʻzax joylaridir (yaʼni, azob uqubatni tortaveradilar), agar ortga qaytishni talab qilsalar, endi ular qaytarilguvchi emaslar.Энди агар улар (азобга) чидасалар, ана ўша дўзах жойларидир (яъни, азоб уқубатни тортаверадилар), агар ортга қайтишни талаб қилсалар, энди улар қайтарилгувчи эмаслар.

479-sahifa · 24-juz · 48-hizb479-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas, agarбас, агарيَصْبِرُوا۟sabr qilsalarсабр қилсаларفَٱلنَّارُbas, jahannamбас, жаҳаннамمَثْوًۭىmakondirмакондирلَّهُمْ ۖulargaуларгаوَإِنva agarва агарيَسْتَعْتِبُوا۟itobni talab qilsalarитобни талаб қилсаларفَمَاbas, emasбас, эмасهُمularуларمِّنَ-dan-данٱلْمُعْتَبِينَitobga qaytariluvchilarитобга қайтарилувчилар
TafsirТафсир

Allohning dushmanlari ajoyib bir holga tushib qoldi. Odatda, sabr-toqatli odam yaxshilikka erishadi.

«Agar sabr qilsalar, jahannam ularga makondir.»

Jahannamiylar xohlasalar ham, xohlamasalar ham, jahannam azobiga sabr etadilar. Ammo sabrining oxiri qaytadan yana doʻzax boʻlaveradi. Sabr tufayli zarracha yaxshilikka erisha olmaydilar.

«Agar itobga qaytarishni talab qilsalar, ular itobga qaytariluvchi ham boʻlmaslar.»

Agar ular, mayli, gunohlarimiz uchun itob qilinaylik, soʻkish eshitaylik, nima uchun shunday qilding, deb aytilsin, desalar, itob ham qilinmaydilar. Hamda ularga hayoti dunyoga qaytib amali solih qilib oʻzini oqlash imkoni ham berilmaydi. Chunki, vaqt oʻtgan. Hozir itob emas, iqob vaqtidir. Itobdan keyin, uzr aytib, tavba qilib, itob etguvchi rozi boʻladigan ishlarga oʻtiladi. Qiyomatda esa, unday narsalarga oʻrin qolmaydi.