QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят25

۞ وَقَيَّضْنَا لَهُمْ قُرَنَآءَ فَزَيَّنُوا۟ لَهُم مَّا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَحَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ فِىٓ أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ خَـٰسِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularga «do`stlar» tayyorladik. Bas, o`shalar ularga oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni ziynatlab ko`rsatdilar va ularga ham o`zlaridan oldin o`tgan jin va insdan bo`lgan ummatlar qatori (azob) so`zi haq bo`ldi. Albatta, ular ziyonkor bo`ldilar.Биз уларга «дўстлар» тайёрладик. Бас, ўшалар уларга олдиларидаги ва ортларидаги нарсаларни зийнатлаб кўрсатдилар ва уларга ҳам ўзларидан олдин ўтган жин ва инсдан бўлган умматлар қатори (азоб) сўзи ҳақ бўлди. Албатта, улар зиёнкор бўлдилар.Alauddin Mansour: Biz ular uchun (ularni Toʻgʻri Yoʻldan ozdiradigan) «doʻstlar» tayyorlab qoʻydik, bas, oʻsha («doʻstlar») ularga oldilaridagi (gunohlarini) ham, orqalaridagi (gunohlarini) ham chiroyli koʻrsatdilar va ularga ham oʻzlaridan avval oʻtgan — halok boʻlgan insu jindan iborat ummatlar qatorida Soʻz — azob haq boʻldi. Darhaqiqat, ular ziyonkor boʻldilar.Биз улар учун (уларни Тўғри Йўлдан оздирадиган) «дўстлар» тайёрлаб қўйдик, бас, ўша («дўстлар») уларга олдиларидаги (гуноҳларини) ҳам, орқаларидаги (гуноҳларини) ҳам чиройли кўрсатдилар ва уларга ҳам ўзларидан аввал ўтган — ҳалок бўлган инсу жиндан иборат умматлар қаторида Сўз — азоб ҳақ бўлди. Дарҳақиқат, улар зиёнкор бўлдилар.

479-sahifa · 24-juz · 48-hizb479-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَقَيَّضْنَاva Biz tayyorladikва Биз тайёрладикلَهُمْulargaуларгаقُرَنَآءَ«doʻstlar»«дўстлар»فَزَيَّنُوا۟bas, ziynatlab koʻrsatdilarбас, зийнатлаб кўрсатдиларلَهُمulargaуларгаمَّاnarsalarniнарсаларниبَيْنَoldilaridagiолдиларидагиأَيْدِيهِمْ(qoʻllari oldidagi)(қўллари олдидаги)وَمَاva narsalarniва нарсаларниخَلْفَهُمْortlaridagiортларидагиوَحَقَّva haq boʻldiва ҳақ бўлдиعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلْقَوْلُ(azob) soʻzi(азоб) сўзиفِىٓqatoridaқаторидаأُمَمٍۢummatlarумматларقَدْbatahqiqбатаҳқиқخَلَتْoʻtganўтганمِن-dan-данقَبْلِهِمulardan oldinулардан олдинمِّنَ-dan-данٱلْجِنِّjinжинوَٱلْإِنسِ ۖva insва инсإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларكَانُوا۟boʻldilarбўлдиларخَـٰسِرِينَziyonkorзиёнкор
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Allohning dushmanlari, kofir va mushriklar bu dunyoda yashab yurgan chogʻlarida Allohga iymon keltirishdan kibru havo ila bosh tortganlaridan keyin nima sodir boʻlgani haqida soʻz ketmoqda.

«Biz ularga «doʻstlar» tayyorladik.»

Bu dunyoda Alloh taolo oʻsha kofirlarga yaqin bir doʻstlar ato etdi.

«Bas, oʻshalar ularga oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni ziynatlab koʻrsatdilar.»

Yaʼni, oʻsha yaqin doʻstlar kofirlarga «Sen qilgan ish juda yaxshi ish, qilaverish kerak, zoʻr boʻladi», deganga oʻxshash gaplar bilan gunohlarni ziynatlab koʻrsatdilar. Shuningdek, boplading, qoyilmaqom boʻldi, hech bunday ajoyib ish qilinmagan, deb gunohlarni ziynatlab koʻrsatdilar. Kofir va osiylar bundan xursand boʻlib, yana ham koʻproq gunoh qilishga oʻtdilar.

Insonga yomon ishi, gunoh amali yaxshi boʻlib koʻrinishi eng katta balodir. Odam bolasiga eng katta musiybat xatolari va gunohlarini his etish tuygʻusini yoʻqotishi oqibatida yetadi. U oʻzining har bir ishini yaxshi, goʻzal deb biladi. Uning atrofidagi doʻstlari ham buni tasdiqlab turadi. Agar yaqin doʻstlar unga avvalgi gunohlarini ham, boʻlajak gunohlarini ham ziynatlab koʻrsataversalar, ular uni jahannam tomon maqtab-maqtab olib ketayotgan boʻladilar. Aslida, doʻstlik emas, dushmanlik qilayotgan boʻladilar. Oqil inson maslahatgoʻyning maslahatidan kim doʻst, kim dushman ekanini bilib oladi. Doʻst achitib gapiradi, dushman kuldirib. Yaqin doʻstlari maqtovidan shod boʻlib, oʻz amali oʻziga ziynatli tuyulganlar borib-borib halokatga yoʻliqadilar.

«...va ularga ham oʻzlaridan oldin oʻtgan jin va insdan boʻlgan ummatlar qatori (azob) soʻzi haq boʻldi.»

Ulardan oldin oʻtgan ummatlarning barchasiga, agar Allohga dushman boʻlsa, azob soʻzi haq boʻlgan edi. Ularga ham xuddi oʻsha ilgari oʻtganlar kabi azob soʻzi haq boʻldi.

«Albatta, ular ziyonkor boʻldilar.»

Ular ziyonkor boʻlmay, kim ziyonkor boʻlsin?

Kelasi oyatda mazkur «doʻstlarning» beradigan maslahatlaridan namuna keltiriladi: