وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَا تَسْمَعُوا۟ لِهَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ وَٱلْغَوْا۟ فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَغْلِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Bu Qur'onga quloq solmanglar, unga xalaqit bering, shoyadki, g`olib bo`lsangiz», dedilar.Куфр келтирганлар: «Бу Қуръонга қулоқ солманглар, унга халақит беринг, шоядки, ғолиб бўлсангиз», дедилар.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar (bir-birlariga «Muhammad tilovat qilayotgan vaqtda) sizlar bu Qurʼonga quloq solmanglar va (uni oʻzgalarga ham eshittirmaslik uchun ogʻizlaringizga kelgan gapni) javrayveringlar, (shunda) shoyad gʻolib boʻlsangizlar», dedilar.Кофир бўлган кимсалар (бир-бирларига «Муҳаммад тиловат қилаётган вақтда) сизлар бу Қуръонга қулоқ солманглар ва (уни ўзгаларга ҳам эшиттирмаслик учун оғизларингизга келган гапни) жаврайверинглар, (шунда) шояд ғолиб бўлсангизлар», дедилар.
Bu oyat kofirlarning bir-birlariga Qurʼoni Karimga nisbatan munosabati yuzasidan bergan maslahatlari haqida xabar bermoqda. Ular bir-birlariga:
«Bu Qurʼonga quloq solmanglar...» deganlar.
Chunki, quloq solsa, taʼsirlanib iymonga kelib qoladi. Kofirlar shundan qoʻrqadi. Shuning uchun, Allohning dushmanlari boʻlgan kofirlar hatto arab tilini bilmaydigan kishilarga ham Qurʼonni eshittirmaslikka urinadilar.
«...unga xalaqit bering...»
Xalaqit berish turlicha boʻladi. Misol uchun, Abu Jahl: «Muhammad qiroat qilgan vaqtda uning yuziga qarab qichqiringlar, toki, nima deyayotgani bilinmasin», degan.
Baʼzilari qiroat paytida xushtak yoki qarsak chalgan. Baʼzilari oʻzlaricha sheʼr va balogʻatli soʻzlarni aytib, kishilarni Qurʼondan chalgʻitishga intilgan. Molik ibn Nazrga oʻxshaganlar Isfandiyor va Rustamning qissalarini aytganlar. Qadimgi kofir va mushriklar oʻz voqeʼliklaridan kelib chiqib Qurʼonga xalaqit berishga uringanlar. Keyingi mushrik va kofirlar ham oʻz voqeʼliklari darajasida Qurʼonga xalaqit berishga urinib keldilar va urinmoqdalar. Lekin hammasining maqsadi bir:
«...shoyadki, gʻolib boʻlsangiz», dedilar».
Ammo kofirlar emas, doimo Qurʼon gʻolib boʻlib kelmoqda. Chunki, Qurʼon haq, kofirlik botildir. Haq doimo botil ustidan gʻolib boʻladi. Qurʼonga qarshi chiqqan kofirlarga Alloh taolo tayyorlab qoʻygan azoblar bor.