ذَٰلِكَ جَزَآءُ أَعْدَآءِ ٱللَّهِ ٱلنَّارُ ۖ لَهُمْ فِيهَا دَارُ ٱلْخُلْدِ ۖ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا يَجْحَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mana, Alloh dushmanlarining jazosi do`zaxdir. Ularga unda abadiylik diyori bor. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi shudir.Мана, Аллоҳ душманларининг жазоси дўзахдир. Уларга унда абадийлик диёри бор. Оятларимизни инкор қилганларининг жазоси шудир.Alauddin Mansour: Bu (qattiq azob) Alloh dushmanlarining jazosi boʻlgan doʻzaxdir. Ular uchun Bizning oyatlarimizni inkor qiluvchi boʻlganlari sababli oʻsha joyda mangu qolish (azoblanish) bordir.Бу (қаттиқ азоб) Аллоҳ душманларининг жазоси бўлган дўзахдир. Улар учун Бизнинг оятларимизни инкор қилувчи бўлганлари сабабли ўша жойда мангу қолиш (азобланиш) бордир.
Gap shu, boshqacha boʻlishi mumkin emas. Allohga dushman kofirlarning oxiratdagi jazosi doʻzax boʻladi. Ular doʻzaxda abadiy qoladilar. Bu dahshatli azob va jazo ular oyatlarimizni inkor etganliklari uchundir.
Doʻzax azobiga duchor boʻlganlaridan soʻnggina ularning aqllari kiradi. Shundan keyin oʻzlarining doʻzaxiyligiga sababchi shaxslarni axtara boshlaydilar. Ulardan oʻch olmoqchi boʻladilar.