وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ رَبَّنَآ أَرِنَا ٱلَّذَيْنِ أَضَلَّانَا مِنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ نَجْعَلْهُمَا تَحْتَ أَقْدَامِنَا لِيَكُونَا مِنَ ٱلْأَسْفَلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Ey Robbimiz, bizni adashtirgan jin va insdan bo`lgan shaxslarni bizga ko`rsatgin, ularni oyoqlarimiz ostiga olaylik, toki, ular eng pastlardan bo`lsinlar», dedilar.Куфр келтирганлар: «Эй Роббимиз, бизни адаштирган жин ва инсдан бўлган шахсларни бизга кўрсатгин, уларни оёқларимиз остига олайлик, токи, улар энг пастлардан бўлсинлар», дедилар.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar (doʻzax oʻtida azoblanar ekanlar), dedilar: «Parvardigoro, bizlarni (sening Toʻgʻri Yoʻlingdan) ozdirgan insu jindan boʻlgan kimsalarni bizlarga koʻrsatgin, ularni oyoqlarimiz ostiga olib (ezaylik), toki ular (doʻzaxning qaʼridagi) eng tuban — xor kimsalardan boʻlsinlar».Кофир бўлган кимсалар (дўзах ўтида азобланар эканлар), дедилар: «Парвардигоро, бизларни (сенинг Тўғри Йўлингдан) оздирган инсу жиндан бўлган кимсаларни бизларга кўрсатгин, уларни оёқларимиз остига олиб (эзайлик), токи улар (дўзахнинг қаъридаги) энг тубан — хор кимсалардан бўлсинлар».
Hayoti dunyoda yaqin doʻst boʻlib, ularning chiroyli gaplaridan quvonib yurib, endi bu gaplarni aytmoqdalar.
«Kufr keltirganlar: «Ey Robbimiz, bizni adashtirgan jin va insdan boʻlgan shaxslarni bizga koʻrsatgin...»
Shu yerda ham aybni boshqalarga agʻdarmoqchi boʻladilar. Oʻzlari bu dunyoda doʻst boʻlib yurganlarni oʻzlarining doʻzaxga tushishlariga asosiy sabab deb biladilar. Shuning uchun, Robbul olamiyndan oʻsha doʻstlarini, doʻstlik qilib, jahannamga yoʻllaganlarni koʻrsatib qoʻyishni soʻraydilar. Voajab, ularni koʻrib nima qilar ekanlar? Bu savolning javobi doʻzaxiylar gapining davomidadir.
«...ularni oyoqlarimiz ostiga olaylik, toki, ular eng pastlardan boʻlsinlar», dedilar.»
Ha, endi maʼlum boʻldi. Ular oʻz doʻstlaridan intiqom olmoqchi ekanlar. Ular oʻz doʻstlarini jahannam ichida turib, oyoqlari ostiga olib, yaxshilab tepkilab, xumordan chiqmoqchi, ularni oʻzi shundoq ham past boʻlgan jahannamiylar ichida eng pastlardan qilmoqchi ekanlar.
Lekin endi kech. Vaqt oʻtdi.
Kofirlarning ayanchli ahvolidan farqli oʻlaroq, moʻminlarning holati tamoman boshqacha boʻladi: