QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят30

إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسْتَقَـٰمُوا۟ تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ أَلَّا تَخَافُوا۟ وَلَا تَحْزَنُوا۟ وَأَبْشِرُوا۟ بِٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, «Robbimiz Alloh» degan, so`ngra mustaqiym bo`lganlarning ustilaridan farishtalar: «Qo`rqmanglar, mahzun ham bo`lmanglar, o`zingizga va'da qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar.Албатта, «Роббимиз Аллоҳ» деган, сўнгра мустақийм бўлганларнинг устиларидан фаришталар: «Қўрқманглар, маҳзун ҳам бўлманглар, ўзингизга ваъда қилинган жаннат хушхабарини қабул қилинглар.Alauddin Mansour: Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, soʻngra (yolgʻiz Allohga toat-ibodat qilishda) toʻgʻri — ustivor boʻlgan zotlarning oldilariga (oʻlim paytida) farishtalar tushib, (derlar): «Qoʻrqmanglar va gʻamgin boʻlmanglar. Sizlarga vaʼda qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!Албатта: «Парвардигоримиз Аллоҳдир», деб, сўнгра (ёлғиз Аллоҳга тоат-ибодат қилишда) тўғри — устивор бўлган зотларнинг олдиларига (ўлим пайтида) фаришталар тушиб, (дерлар): «Қўрқманглар ва ғамгин бўлманглар. Сизларга ваъда қилинган жаннат хушхабари билан шодланинглар!

480-sahifa · 24-juz · 48-hizb480-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиقَالُوا۟dedilarдедиларرَبُّنَاRobbimizРоббимизٱللَّهُAllohdirАллоҳдирثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَقَـٰمُوا۟mustaqiym boʻldilarмустақийм бўлдиларتَتَنَزَّلُtusharlarтушарларعَلَيْهِمُularning ustilarigaуларнинг устиларигаٱلْمَلَـٰٓئِكَةُfarishtalarфаришталарأَلَّاemasэмасتَخَافُوا۟qoʻrqmanglarқўрқмангларوَلَاva emasва эмасتَحْزَنُوا۟mahzun boʻlmanglarмаҳзун бўлмангларوَأَبْشِرُوا۟va xushxabarni qabul qilinglarва хушхабарни қабул қилингларبِٱلْجَنَّةِjannatжаннатٱلَّتِىoʻshakiўшакиكُنتُمْsizlarсизларتُوعَدُونَvaʼda qilinar edingizваъда қилинар эдингиз
TafsirТафсир

Ushbu uch oyatdagi vasf moʻminlarning qanchalik saodatli insonlar ekanini koʻrsatadi.

Moʻminlar avvalo:

«Robbimiz Alloh», deb Alloh taoloning oʻzlariga Robb ekanini, xoliq, roziq, mudabbir va tarbiyachi ekanini tan olgan zotlardir. Allohga iymon keltirganlaridan keyin esa, «Robbimiz Alloh» degan oʻsha soʻzlarida mustaqiym turgan zotlardir.

Ularning qalblari «Robbimiz Alloh»da mustaqiymdir.

Ularning ishlari «Robbimiz Alloh»da mustaqiymdir. Shuning uchun ham, Alloh taolo ularga alohida munosabatda boʻladi.

Keyin moʻminlarga kofirlarga oʻxshab insonlaru jinlardan iborat yomon doʻstlar emas, farishtalar yaqin boʻladi. Soʻngra esa, ularga ikki dunyoda ham xotirjam qiluvchi quyidagi xabarlar aytiladi:

«Albatta, «Robbimiz Alloh» degan, soʻngra mustaqiym boʻlganlarning ustilaridan farishtalar: «Qoʻrqmanglar, mahzun ham boʻlmanglar...»

Kelajakda, oxiratda holimiz ne kechar ekan, deb qoʻrqmanglar, koʻnglingizga hech qanday xavf kelmasin. Qilib oʻtgan ishlarimiz natijasi qanday boʻlar ekan, deb ham mahzun boʻlmanglar. Sizlar uchun kelajakda hech qanday xavf-xatar yoʻq. Qilgan ishlaringizning natijasi ham yaxshi. Chunki, siz «Robbimiz Alloh», dedingiz va oʻsha soʻz taqozosiga koʻra mustaqiym turib umr kechirdingiz.

«...oʻzingizga vaʼda qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar.»

«Robbimiz Alloh», deb mustaqiym turganlarga jannat vaʼda qilingan edi. Siz oʻsha shartni amalga oshirdingiz, yaʼni, «Robbimiz Alloh», dedingiz va mustaqiym turdingiz. Endi oʻsha vaʼda qilingan jannat sizga, albatta, beriladi, bu xushxabarni qabul qiling.

«Biz hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning doʻstlaringizdirmiz.»

Koʻnglingiz toʻq boʻlsin.

«Sizga u(jannat)da koʻnglingiz ishtaha qilgan narsa bordir...»

Nimani koʻnglingiz tusasa, siz uchun darhol muhayyo qilinadi.

«...va sizga unda orzu qilingan narsangiz bordir.»

Jannatda siz nimani orzu qilsangiz, oʻsha narsa boʻladi.

«Bu oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdan ziyofatdir.»

Mazkur vasf qilingan jannat va uning neʼmatlari magʻfiratli va oʻta rahimli boʻlgan Alloh taoloning ziyofatidir.

Keyingi oyatda moʻmin kishining Alloh yoʻliga daʼvat qilishining yaxshiligi va daʼvatchi musulmonning sifatlari haqida soʻz ketadi: