QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят33

وَمَنْ أَحْسَنُ قَوْلًا مِّمَّن دَعَآ إِلَى ٱللَّهِ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا وَقَالَ إِنَّنِى مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga da'vat qilgan, solih amallarni qilgan va «Albatta, men musulmonlardanman!» degan kishidan ham go`zal so`zli kim bor?!Аллоҳга даъват қилган, солиҳ амалларни қилган ва «Албатта, мен мусулмонларданман!» деган кишидан ҳам гўзал сўзли ким бор?!Alauddin Mansour: (Odamlarni) Alloh(ning dini)ga daʼvat qilgan va oʻzi ham yaxshi amal qilib, «shak-shubhasiz, men musulmonlardandirman», degan kishidan ham chiroyliroq soʻzlaguvchi kim bor?(Одамларни) Аллоҳ(нинг дини)га даъват қилган ва ўзи ҳам яхши амал қилиб, «шак-шубҳасиз, мен мусулмонлардандирман», деган кишидан ҳам чиройлироқ сўзлагувчи ким бор?

480-sahifa · 24-juz · 48-hizb480-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنْva kim borва ким борأَحْسَنُgoʻzalroqгўзалроқقَوْلًۭاsoʻz jihatidanсўз жиҳатиданمِّمَّنoʻsha kishidanўша кишиданدَعَآdaʼvat qilganдаъват қилганإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳوَعَمِلَva qilganва қилганصَـٰلِحًۭاsolih amalсолиҳ амалوَقَالَva deganва деганإِنَّنِىalbatta, menалбатта, менمِنَ-danman-данманٱلْمُسْلِمِينَmusulmonlarмусулмонлар
TafsirТафсир

Dunyodagi eng goʻzal soʻz Alloh taolo yoʻliga chaqiruvchi soʻzdir. Dunyodagi eng goʻzal soʻzlovchi Alloh taologa daʼvat qiluvchining oʻzidir. Ammo oʻsha soʻzning haqiqatda goʻzal boʻlishi va oʻsha soʻzlovchining oʻzi eng goʻzal soʻzlovchi boʻlishi uchun quruq daʼvatning oʻzi yetmaydi. Balki daʼvat bilan birga solih amal ham boʻlishi hamda: «Albatta, men musulmonlardanman!» deyishi kerak. Ana oʻshandagina, u odam eng goʻzal soʻz soʻzlagan boʻladi. Zero, faqat musulmonligi tufayli shu fazlga ega boʻlgandir.

Demak, har bir musulmon daʼvatchi, Allohga daʼvat qilish ila eng yaxshi soʻzni aytayotggan boʻladi va oʻzi eng yaxshi insonlar safiga qoʻshilgan boʻladi.

Ana oʻsha sifat oʻzida qolishi uchun u, avvalo, amali solih qilmogʻi, boshqacha qilib aytganda, oʻzi daʼvat qilayotgan narsaga hammadan avval oʻzi amal qilmogʻi lozim.

Ikkinchidan, mazkur daʼvatchilik yoʻliga kirgan odam oʻta kamtar boʻlmogʻi lozim. Odamlar unga havas qilsalar, uni goʻzal soʻz va goʻzal axloq sohibi sifatida ehtirom qilsalar, «Albatta, men musulmonlardanman!» deyishi kerak. Yaʼni, agar menda biror yaxshilik koʻrsangiz, bu mening musulmon boʻlganimdandir, deyishi lozim. Ana oʻshandagina u eng goʻzal soʻzli kishi boʻladi.

Shu bilan birga, daʼvatchi bilishi va amal qilishi zarur boʻlgan boshqa ishlar ham bor.