QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят34

وَلَا تَسْتَوِى ٱلْحَسَنَةُ وَلَا ٱلسَّيِّئَةُ ۚ ٱدْفَعْ بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ فَإِذَا ٱلَّذِى بَيْنَكَ وَبَيْنَهُۥ عَدَٰوَةٌ كَأَنَّهُۥ وَلِىٌّ حَمِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo`lmas. Sen yaxshilik bo`lgan narsa ila daf' qil. Ko`ribsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa xuddi sodiq do`stdek bo`lur.Яхшилик билан ёмонлик баробар бўлмас. Сен яхшилик бўлган нарса ила дафъ қил. Кўрибсанки, сен билан орасида адовати бор кимса худди содиқ дўстдек бўлур.Alauddin Mansour: Yaxshilik bilan yomonlik barobar boʻlmas. Siz (har qanday yomonlikni) eng goʻzal soʻzlar bilan dafʼ qiling! (Shunda) banogoh siz bilan oʻrtalaringizda adovat boʻlgan kimsa qaynoq-sodiq doʻst kabi boʻlib qolur.Яхшилик билан ёмонлик баробар бўлмас. Сиз (ҳар қандай ёмонликни) энг гўзал сўзлар билан дафъ қилинг! (Шунда) баногоҳ сиз билан ўрталарингизда адоват бўлган кимса қайноқ-содиқ дўст каби бўлиб қолур.

480-sahifa · 24-juz · 48-hizb480-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَسْتَوِىbarobar boʻlurбаробар бўлурٱلْحَسَنَةُyaxshilikяхшиликوَلَاva naва наٱلسَّيِّئَةُ ۚyomonlikёмонликٱدْفَعْdaf qilдаф қилبِٱلَّتِىoʻsha narsa ilaўша нарса илаهِىَuуأَحْسَنُyaxshiroqdirяхшироқдирفَإِذَاbas, koʻribsankiбас, кўрибсанкиٱلَّذِىoʻsha kimsaўша кимсаبَيْنَكَsening orangсенинг орангوَبَيْنَهُۥva uning orasiва унинг орасиعَدَٰوَةٌۭadovati borадовати борكَأَنَّهُۥxuddi uхудди уوَلِىٌّdoʻstdekдўстдекحَمِيمٌۭsodiqсодиқ
TafsirТафсир

Allohning yoʻliga daʼvat etuvchi soʻzining qadrini yaxshi bilishi, soʻzni his etishi kerak. Chunki,

«Yaxshilik bilan yomonlik barobar boʻlmas».

Alloh taoloning yoʻliga daʼvat qiluvchining ishi yaxshi ish, soʻzi yaxshi soʻz, uning ishi boshqalarning ishidan ustun, uning soʻzi boshqalarning soʻzidan ustun. Shuning uchun ham:

«Sen yaxshilik boʻlgan narsa ila dafʼ qil».

Har qancha yomon gap eshitib, har qancha yomon muomala koʻrsang ham, faqat yaxshi narsa ila qaytar, ey daʼvatchi. Hech qachon yomonlik qilma, ey daʼvatchi. Ana oʻshanda:

«Koʻribsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa xuddi sodiq doʻstdek boʻlur».

Bu, Islom daʼvatchilari uchun juda ham zarur bir sifatdir. Har bir narsani yomonlik bilan emas, faqat yaxshilik bilan qarshi olish darajasiga yetgan daʼvatchigina katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Ammo bu sifatga erishish oson emas.