وَمَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَمَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ذُو حَظٍّ عَظِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga faqat sabr qilganlargina erishur. Unga faqat ulug` nasiba egasi bo`lganlargina erishur.Унга фақат сабр қилганларгина эришур. Унга фақат улуғ насиба эгаси бўлганларгина эришур.Alauddin Mansour: Unga (yomonlikni yaxshilik bilan dafʼ qilish xislatiga) faqat sabr-toqatli zotlargina erishurlar, unga faqat ulugʻ nasiba egasigina erishur.Унга (ёмонликни яхшилик билан дафъ қилиш хислатига) фақат сабр-тоқатли зотларгина эришурлар, унга фақат улуғ насиба эгасигина эришур.
Har qanday yomon soʻzni yaxshi soʻz bilan qaytarish, har qanday yomon ishni yaxshi ish bilan qaytarish sifatiga
«...faqat sabr qilganlargina erishur».
Sabr qilmasa, yomon soʻzga darhol yomon soʻz qaytaradi. Yomon ishga yomon ish qaytaradi. Bu esa, daʼvatchiga hech foyda bermaydi. Allohning yoʻliga, Allohning diniga kishilarni chaqirish oson ish emas. Allohning diniga daʼvat qiluvchi shaxs kishilarning havoyi nafslariga, oʻrganib qolgan odatlariga, ularning shaxsiy manfaat deb oʻylab yurgan baʼzi bir narsalariga qarshi gapirishi kerak. Shuningdek, daʼvatchi odam kishilarni oʻzlari bilmagan eʼtiqod, ibodat va amallarni bajarishga daʼvat qilishi kerak. Shuning uchun ham, daʼvatchi odam atrofdan turli-tuman malomat, igʻvo, boʻhton, yolgʻon gaplar, soʻkishlar, ozorlar eshitadi. Turli nohaq tasarruflar va zulmlar koʻradi. Daʼvatchi shularning hammasiga sabr qilishi kerak. Ana shundagina yuqorida aytilgan darajaga erishadi.
«Unga faqat ulugʻ nasiba egasi boʻlganlargina erishur.»
Nasibasi ulugʻ boʻlmaganlar erisha olmaydi. Demak, daʼvatchi boʻla olmaydi.
Demak, daʼvatchi mashaqqatli daʼvat yoʻlida turli holatlarga uchrashi mumkin. Bunda Allohdan yordam soʻrashi kerak.