وَمِنْ ءَايَـٰتِهِ ٱلَّيْلُ وَٱلنَّهَارُ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ ۚ لَا تَسْجُدُوا۟ لِلشَّمْسِ وَلَا لِلْقَمَرِ وَٱسْجُدُوا۟ لِلَّهِ ٱلَّذِى خَلَقَهُنَّ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechayu kunduz, quyoshu oy Uning oyat(belgi)laridan. Bas, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar. Ularni yaratgan Allohga sajda qiling. Gar siz Ungagina ibodat qilmoqchi bo`lsangiz.Кечаю кундуз, қуёшу ой Унинг оят(белги)ларидан. Бас, қуёшга ҳам, ойга ҳам сажда қилманглар. Уларни яратган Аллоҳга сажда қилинг. Гар сиз Унгагина ибодат қилмоқчи бўлсангиз.Alauddin Mansour: Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning (tanholigi va qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlaridandir. Agar sizlar (Allohga) ibodat qilguvchi boʻlsanglar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, (balki) ularni(ng barchasini) yaratgan Zotga — Allohga sajda qilinglar!Кеча ва кундуз, қуёш ва ой Унинг (танҳолиги ва қудратига далолат қиладиган) оят-аломатларидандир. Агар сизлар (Аллоҳга) ибодат қилгувчи бўлсанглар, қуёшга ҳам, ойга ҳам сажда қилманглар, (балки) уларни(нг барчасини) яратган Зотга — Аллоҳга сажда қилинглар!
Ey odamlar, siz doimo shohidi boʻlib turgan kecha ham, kunduz ham Allohning biru borligiga, qudrat egasi ekanligiga, faqat U zotning Oʻzigina ibodatingizga sazovor zotligiga oyat-belgilardir. Kechani ham, kunduzni ham Allohdan boshqa hech kim yaratgan emas. Binobarin, Allohdan oʻzga hech kim ibodatingizga sazovor emas.
Shuningdek, kechayu kunduzning eng katta alomatlari–quyosh bilan oyni ham Alloh yaratib, Oʻzining biru borligiga, har bir narsaga qodirligiga, sizning ibodatingizga yolgʻiz Oʻzi sazovorligiga dalil qilib qoʻygan. Baʼzi odamlar quyosh bilan oy haqida notoʻgʻri tasavvurga borib, ularni xudo deb oʻylab, sajda qilib yuribdilar.
«Bas, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar.»
Ular xudo emas. Xudoning muxluqlaridir. Maxluq maxluqqa sajda qilishi mumkin emas. Maxluq xoliqqa sajda etishi zarur. Shuning uchun:
«Ularni yaratgan Allohga sajda qiling».
Quyosh va oyni yaratgan Allohga sajda eting.
«Gar siz Ungagina ibodat qilmoqchi boʻlsangiz.»
Ushbu oyati karima Qurʼoni Karimdagi sajda oyatlaridan biri boʻlib, uni oʻqigan yoki eshitgan kishiga qiroat sajdasi vojib boʻlur.