QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят38Sajda oyatiСажда ояти

فَإِنِ ٱسْتَكْبَرُوا۟ فَٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ يُسَبِّحُونَ لَهُۥ بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَهُمْ لَا يَسْـَٔمُونَ ۩

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ular mutakabbirlik qilsalar. Robbingning huzuridagilar Unga kechasiyu kunduzi tasbih ayturlar. Ular malol olmaslar.Агар улар мутакаббирлик қилсалар. Роббингнинг ҳузуридагилар Унга кечасию кундузи тасбиҳ айтурлар. Улар малол олмаслар.Alauddin Mansour: Endi agar (kofirlar Allohga sajda qilishdan) kibr-havo qilsalar, bas, (bilingki), Parvardigoringizning huzuridagi zotlar (farishtalar) kecha-yu kunduzi hech zerikmasdan-malollanmasdan U zotga tasbeh ayturlar — sajda qilurlar.Энди агар (кофирлар Аллоҳга сажда қилишдан) кибр-ҳаво қилсалар, бас, (билингки), Парвардигорингизнинг ҳузуридаги зотлар (фаришталар) кеча-ю кундузи ҳеч зерикмасдан-малолланмасдан У зотга тасбеҳ айтурлар — сажда қилурлар.

480-sahifa · 24-juz · 48-hizb480-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنِbas, agarбас, агарٱسْتَكْبَرُوا۟mutakabbirlik qilsalarмутакаббирлик қилсаларفَٱلَّذِينَbas, oʻshalarkiбас, ўшаларкиعِندَhuzuridagiҳузуридагиرَبِّكَRobbingРоббингيُسَبِّحُونَtasbih ayturlarтасбиҳ айтурларلَهُۥUngaУнгаبِٱلَّيْلِkechasiкечасиوَٱلنَّهَارِva kunduziва кундузиوَهُمْva ularва уларلَاemasэмасيَسْـَٔمُونَ ۩malol olurlarмалол олурлар
TafsirТафсир

Agar oʻsha kofir va mushriklar Allohning yolgʻiz Oʻziga sajda qilishdan mutakabbirlik ila bosh tortsalar, oʻzlariga yomon boʻladi. Chunki, Alloh taologa ularning sajdasi kerak emas.

«Robbingning huzuridagilar unga kechasiyu kunduzi tasbih ayturlar.»

Robbing huzuridagi farishtalar oʻta pok, oliy martabali zotlardir. Ular Allohga kechasiyu kunduzi tinmay tasbih aytadilar, sajda qiladilar, ibodat etadilar.

«Ular malol olmaslar.»

Balki qanchalik ibodat qilsalar, shunchalik xursand boʻladilar. Kofir va mushrik pastkashlarga oʻxshab, oʻz Robbiga ibodat qilishni malol olmaydilar.