بَشِيرًا وَنَذِيرًا فَأَعْرَضَ أَكْثَرُهُمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi bo`lgan holidadir. Bas, ko`plari undan yuz o`girdilar. Endi ular eshitmaslar.Хушхабар бергувчи ва огоҳлантиргувчи бўлган ҳолидадир. Бас, кўплари ундан юз ўгирдилар. Энди улар эшитмаслар.Alauddin Mansour: (Moʻminlarga) xushxabar berguvchi va (kofirlarni azobdan) ogohlantirguvchi (Kitobdir). Bas, (kofirlarning) koʻplari (uning oyatlari haqida tafakkur qilishdan) yuz oʻgirdilar, demak, ular «eshitmaslar»,(Мўминларга) хушхабар бергувчи ва (кофирларни азобдан) огоҳлантиргувчи (Китобдир). Бас, (кофирларнинг) кўплари (унинг оятлари ҳақида тафаккур қилишдан) юз ўгирдилар, демак, улар «эшитмаслар»,
Shu bilan birga, Qurʼoni Karim iymon keltirib solih amal qiluvchilarga xushxabar boʻlib tushirilgan. Kufr keltirganlar va gunohkorlarga ogohlantiruvchi oʻlaroq nozil qilingan. Insonlar uning xushxabarlaridan quvonib, ogohlantirishlaridan hushyor tortishlari lozim. Ammo koʻpchilik insonlar Qurʼonni xursand qabul qilish oʻrniga undan yuz oʻgirdilar.
«...koʻplari undan yuz oʻgirdilar. Endi ular eshitmaslar.»
Yuz oʻgirgandan keyin qanday ham eshita oladilar?!