QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят5

وَقَالُوا۟ قُلُوبُنَا فِىٓ أَكِنَّةٍ مِّمَّا تَدْعُونَآ إِلَيْهِ وَفِىٓ ءَاذَانِنَا وَقْرٌ وَمِنۢ بَيْنِنَا وَبَيْنِكَ حِجَابٌ فَٱعْمَلْ إِنَّنَا عَـٰمِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Qalblarimiz sen da'vat qilayotgan narsadan g`iloflardadir, quloqlarimizda og`irlik bor, sen bilan bizning oramizda esa, parda bor. Bas, sen amalingni qilaver, biz ham, albatta, o`z amalimizni qilguvchilarmiz», dedilar.Улар: «Қалбларимиз сен даъват қилаётган нарсадан ғилофлардадир, қулоқларимизда оғирлик бор, сен билан бизнинг орамизда эса, парда бор. Бас, сен амалингни қилавер, биз ҳам, албатта, ўз амалимизни қилгувчилармиз», дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Dillarimiz sen bizlarni daʼvat qilayotgan narsadan pardalangan, quloqlarimizda esa ogʻirlik-karlik bordir va sen bilan bizlarning oʻrtamizda bir toʻsiq bordir. Bas, sen ham oʻz amalingni qilaver, bizlar ham albatta oʻz amallarimizni qilguvchidirmiz».Улар дедилар: «Дилларимиз сен бизларни даъват қилаётган нарсадан пардаланган, қулоқларимизда эса оғирлик-карлик бордир ва сен билан бизларнинг ўртамизда бир тўсиқ бордир. Бас, сен ҳам ўз амалингни қилавер, бизлар ҳам албатта ўз амалларимизни қилгувчидирмиз».

477-sahifa · 24-juz · 48-hizb477-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va dedilarва дедиларقُلُوبُنَاqalblarimizқалбларимизفِىٓ-da-даأَكِنَّةٍۢgʻiloflardadirғилофлардадирمِّمَّاnarsadanнарсаданتَدْعُونَآsen bizni daʼvat qilayotganсен бизни даъват қилаётганإِلَيْهِungaунгаوَفِىٓva -daва -даءَاذَانِنَاquloqlarimizdaқулоқларимиздаوَقْرٌۭogʻirlik borоғирлик борوَمِنۢva -danва -данبَيْنِنَاoramizорамизوَبَيْنِكَva sening orangва сенинг орангحِجَابٌۭparda borпарда борفَٱعْمَلْbas, sen amalingni qilaverбас, сен амалингни қилаверإِنَّنَاalbatta, bizалбатта, бизعَـٰمِلُونَamal qilguvchilarmizамал қилгувчилармиз
TafsirТафсир

Bu oyatda mushriklarning Qurʼoni Karim va Islom daʼvatiga munosabatlari ajoyib bir uslub bilan bayon qilinmoqda. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytgan gaplari oʻz tillaridan naql etilmoqda. Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam ularga Alloh taoloning oyatlarini oʻqib berganlarida, ularni haq din Islomga chaqirganlarida, ular bu ulkan haqiqatdan yuz oʻgirdilar, uni eshitmadilar va bu holatlarini quyidagi soʻzlar bilan izohladilar:

«Qalblarimiz sen daʼvat qilayotgan narsadan gʻiloflardadir...»

Ey Muhammad, sen bizni chaqirayotgan Qurʼonga, Islom daʼvatiga kelganda, bizning qalblarimiz bir emas, bir necha gʻiloflarga oʻralib qoladi. Shuning uchun ham, undan hech taʼsirlanmaydi.

«...quloqlarimizda ogʻirlik bor...»

Ey Muhammad, sening daʼvatingga nisbatan quloqlarimizda ogʻirlik bor. Uni mutlaqo eshitmaymiz. Boshqa narsalarni esa, yaxshi eshitamiz.

«...sen bilan bizning oramizda esa, parda bor.»

Ey Muhammad, sen bilan bizning oramizda parda–toʻsiq bor, undan hech qayoqqa oʻtib boʻlmaydi. Sen biz tomonga oʻtib bizga taʼsiringni oʻtkaza olmaysan, biz sen tomonga oʻtib sendan taʼsirlanmaymiz.

«Bas, sen amalingni qilaver, biz ham, albatta, oʻz amalimizni qilguvchilarmiz.»

Biz bilan mutlaqo ishing boʻlmasin. Xulosa qilib aytganda, bizdan umuman umidingni uzaver, baribir sening daʼvatingni qabul qilmaymiz, dedilar.

Mushriklarga qanday javob berishni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh taoloning Oʻzi oʻrgatmoqda: