QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят6

قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَـٰهُكُمْ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ فَٱسْتَقِيمُوٓا۟ إِلَيْهِ وَٱسْتَغْفِرُوهُ ۗ وَوَيْلٌ لِّلْمُشْرِكِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men ham sizga o`xshar basharman, xolos. Menga, albatta, ilohingiz yagona ilohdir, deya vahiy qilinur. Bas, Uning O`zigagina to`g`ri yuzlaning va Unga istig`for ayting. Mushriklar holiga voy bo`lsin.Сен: «Мен ҳам сизга ўхшар башарман, холос. Менга, албатта, илоҳингиз ягона илоҳдир, дея ваҳий қилинур. Бас, Унинг Ўзигагина тўғри юзланинг ва Унга истиғфор айтинг. Мушриклар ҳолига вой бўлсин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Hech shak-shubha yoʻqki, men ham xuddi sizlar kabi bir odamdirman. Menga ilohingiz yolgʻiz Allohning Oʻzi ekani vahiy qilinmoqda. Bas, sizlar Uning Oʻziga toʻgʻri (toat-ibodatda) boʻlingiz va Undan magʻfirat soʻrangiz! Mushriklarga esa halokat boʻlgay!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Ҳеч шак-шубҳа йўқки, мен ҳам худди сизлар каби бир одамдирман. Менга илоҳингиз ёлғиз Аллоҳнинг Ўзи экани ваҳий қилинмоқда. Бас, сизлар Унинг Ўзига тўғри (тоат-ибодатда) бўлингиз ва Ундан мағфират сўрангиз! Мушрикларга эса ҳалокат бўлгай!

477-sahifa · 24-juz · 48-hizb477-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтإِنَّمَآfaqat, xolosфақат, холосأَنَا۠menменبَشَرٌۭbasharmanбашарманمِّثْلُكُمْsizga oʻxshaganсизга ўхшаганيُوحَىٰٓvahiy qilinurваҳий қилинурإِلَىَّmengaменгаأَنَّمَآalbattaалбаттаإِلَـٰهُكُمْilohingizилоҳингизإِلَـٰهٌۭilohdirилоҳдирوَٰحِدٌۭyagonaягонаفَٱسْتَقِيمُوٓا۟bas, toʻgʻri yuzlaningбас, тўғри юзланингإِلَيْهِUning OʻzigaginaУнинг Ўзигагинаوَٱسْتَغْفِرُوهُ ۗva Unga istigʻfor aytingва Унга истиғфор айтингوَوَيْلٌۭva voy boʻlsinва вой бўлсинلِّلْمُشْرِكِينَmushriklar holigaмушриклар ҳолига
TafsirТафсир

Mushriklar nima uchun Paygʻambardan, unga yuborilgan Qurʼondan bunchalik qoʻrqadilar? Nima uchun uning daʼvatiga nisbatan qalblari gʻiloflarga tushib oladi? Nima uchun Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning gaplarini va Qurʼonni eshitishdan quloqlari ogʻir boʻlib qoladi? Nima uchun ular bilan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oralarida parda boʻladi? Nima uchun ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga «Sen oʻz ishingni qilaver, biz oʻz ishimizni qilaveramiz», deyishadi?! Holbuki, Paygʻambar qandaydir gʻaroyib, inson tabiatidan uzoq bir narsa emas, ularga oʻxshagan bashar-ku!

Ey Paygʻambar!

«Sen: «Men ham sizga oʻxshash basharman, xolos», deb ayt.

Men sizlarni chaqirayotgan narsa ham bashariyatga bagʻishlangan. Qurʼon ham bashariyat uchun Alloh taolo tomonidan nozil qilingan ilohiy taʼlimotdir. Mening sizdan birgina farqim:

«Menga, albatta, ilohingiz yagona ilohdir, deya vahiy qilinur».

Menga Allohdan vahiy keladi. Oʻsha vahiyning asosiy maʼnosi, albatta, ilohingiz yagona ilohdir, degan maʼnodir. Dunyoda yagona iloh–ibodatga sazovor zot bor. Barcha oʻsha yagona ilohga ibodatda yashamogʻi lozim.

«Bas, Uning Oʻzigagina toʻgʻri yuzlaning...»

Uning vahdoniyatiga iymon keltiring, Unga ixlos bilan ibodat qiling.

«...va Unga istigʻfor ayting.»

Oʻtgan gunohlaringizni kechishini soʻrab Alloh taologa istigʻfor ayting. Ana shunda najotga erishasiz.

Allohning vahdoniyatini tan olmay, Unga shirk keltirgan

«Mushriklar holiga voy boʻlsin».

Mushriklarga halokat boʻlsin, xaroblik boʻlsin.

«Ular zakotni ado etmaslar...»

Bu ham ularning holini ogʻirlashtiradigan sabablardan biridir. Ularga Alloh tomonidan berilgan boylikdan muhtojlarning haqqini chiqarib bermaydilar.

«...va ular oʻzlari oxiratga kufr keltirguvchilardir.»

Shuning uchun ham, mazkur shirk va jinoyatlarni qilishga jurʼat eta oladilar.

Mushriklar duchor boʻladigan halokatdan farqli oʻlaroq, moʻminlarning hollari tamoman boshqacha boʻladi.

«Albatta, iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajrlar bor», deb ayt.»

Ha, jannatdagi bitmas-tuganmas nozu neʼmatlarning egasi boʻlish uchun sof iymon va solih amal kerak.

Keyingi oyatlarda kofir va mushriklar oʻzlarining kufr va shirklari bilan qanchalik dahshatli jinoyat qilishlari fosh etiladi:

Ey Paygʻambar!