إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِٱلذِّكْرِ لَمَّا جَآءَهُمْ ۖ وَإِنَّهُۥ لَكِتَـٰبٌ عَزِيزٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, o`zlariga Zikr kelganda unga kufr keltirganlar... Albatta, u aziz kitobdir.Албатта, ўзларига Зикр келганда унга куфр келтирганлар... Албатта, у азиз китобдир.Alauddin Mansour: Albatta oʻzlariga Eslatma — Qurʼon kelgan vaqtda unga kofir boʻlgan kimsalar (qattiq azobga yoʻliqurlar). Shak-shubhasiz, u aziz — qudratli Kitobdir.Албатта ўзларига Эслатма — Қуръон келган вақтда унга кофир бўлган кимсалар (қаттиқ азобга йўлиқурлар). Шак-шубҳасиз, у азиз — қудратли Китобдир.
Ushbu ikki oyatda Qurʼoni Karim oyatlariga kufr keltirganlarga tahdid qilinmoqda va Qurʼoni Karim sifatlari haqida soʻz ketmoqda. Oʻtgan oyatlarda Allohning kalomiga umuman egrilik qilganlarning oqibati eslatib oʻtilgan edi. Ammo Qurʼoni Karimga kufr keltirganlarga nisbatan esa, boshqacha yoʻl tutiladi.
«Albatta, oʻzlariga Zikr kelganda unga kufr keltirganlar...»
Nima jazo berilishi aytilmadi. Xuddi shunisi juda ham kuchli tahdiddir. Bu aytilmagan oʻringa eng shiddatli, masalan, «Nima qilishni Oʻzimiz bilamiz», «Kunlarini koʻrsatib qoʻyamiz» yoki shunga oʻxshash tahdidlarni qoʻyish mumkin.
«Zikr» Qurʼoni Karim nomlaridan biri boʻlib, «eslatma» maʼnosini bildiradi. Bu soʻz avvalgi suralarda ham koʻp kelgan.
«Albatta, u aziyz kitobdir.»
Albatta, Qurʼoni Karim aziyz–gʻolib, kuchli va izzatli kitobdir. Unga kufr keltirganlar magʻlub, kuchsiz va xordirlar.
«Uning oldidan ham, ortidan ham botil kelmas.»
Bu aziyz kitobga umuman botil yaqin kela olmaydi. Aziyz kitob boʻlganidan keyin botil qanday qilib unga yaqinlasha olsin? Aziyz zotning aziyz kitobi Qurʼoni Karimga qiyomatgacha abadul-abad botil yaqin kela olmaydi. U sof va sogʻlom holida ilohiy moʻʼjiza boʻlib qoladi. Bu bashorat ham Qurʼonning ilohiy kitob ekanligiga yorqin dalildir. Mana, asrlar oʻtibdiki, uning biror harfi oʻzgargani, uning oldidan ham, ortidan ham botil kelgani yoʻq! Va shunday davom etajak, inshoalloh.
«U, oʻta hikmatli va oʻta maqtalgan Zotning tushirganidir.»
Qurʼon oʻta hikmatli zot boʻlmish Alloh taoloning nozil qilgan kitobidir, Shuning uchun, u hikmatga toʻla kitobdir. Uning oyatlari hikmatli, koʻrsatmalari hikmatli, amrlari hikmatli, qonun-qoidalari hikmatli–hamma-hammasi hikmatlidir.
Qurʼon oʻta maqtalgan zot Alloh tomonidan tushirilgani uchun unda Allohning hamdi-maqtovi koʻp takrorlanadi.
Shu bilan birga, Qurʼoni Karim oʻtgan Paygʻambarlarga kelgan vahiyga oʻxshaydi.