إِنَّ ٱلَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا لَا يَخْفَوْنَ عَلَيْنَآ ۗ أَفَمَن يُلْقَىٰ فِى ٱلنَّارِ خَيْرٌ أَم مَّن يَأْتِىٓ ءَامِنًا يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ ٱعْمَلُوا۟ مَا شِئْتُمْ ۖ إِنَّهُۥ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, oyatlarimiz haqida egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy bo`lib qolmaslar. Do`zaxga tashlanadigan odam yaxshimi yoki qiyomat kuni omon holida keladigan odammi?! Nimani xohlasangiz, qilavering. Albatta, U zot nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir.Албатта, оятларимиз ҳақида эгрилик қиладиганлар Бизга махфий бўлиб қолмаслар. Дўзахга ташланадиган одам яхшими ёки қиёмат куни омон ҳолида келадиган одамми?! Нимани хоҳласангиз, қилаверинг. Албатта, У зот нима қилаётганингизни кўриб тургувчидир.Alauddin Mansour: Albatta Bizning oyatlarimizga egrilik qiladigan (yaʼni, ularni buzmoqchi boʻlgan) kimsalar Bizga maxfiy-nomaʼlum boʻlib qolmaslar. Axir doʻzaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi, yoki Qiyomat Kuniga (Allohning azobidan) xotirjam holda keladigan kishimi?! Oʻzlaringiz xohlagan amalni qilaveringlar! Albatta U qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchidir.Албатта Бизнинг оятларимизга эгрилик қиладиган (яъни, уларни бузмоқчи бўлган) кимсалар Бизга махфий-номаълум бўлиб қолмаслар. Ахир дўзахга ташланадиган кимса яхшироқми, ёки Қиёмат Кунига (Аллоҳнинг азобидан) хотиржам ҳолда келадиган кишими?! Ўзларингиз хоҳлаган амални қилаверинглар! Албатта У қилаётган амалларингизни кўриб тургувчидир.
Bu oyat Qurʼoni Karim moʻʼjizasi boʻlib, Allohning biru borligi va cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi borliqdagi oyat(belgi)larga nisbatan egrilik ila munosabatda boʻlgan odamlarning ahvolini bayon qiladi.
«Albatta, oyatlarimiz haqida egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy boʻlib qolmaslar.»
Ularning kimligi ham, Allohning oyatlariga nisbatan qilgan egrilik, kofirlik va nobakorligi ham–hamma-hammasi Allohning oʻziga ravshandir. Ularning barcha amallari hisob-kitob qilingach, doʻzaxga tashlanadilar.
«Doʻzaxga tashlanadigan odam yaxshimi yoki qiyomat kuni omon holida keladigan odammi?!»
Allohning oyatlari haqida egrilik qiladiganlar qiyomat kuni doʻzaxga, toʻgʻrilik qiladiganlar jannatga kiradilar. Xoʻsh, ulardan qaysi biri yaxshi? Hamma narsa maʼlum va ochiq-oydin boʻldi. Endi:
«Nimani xohlasangiz, qilavering».
Xohlasangiz, quyoshga sajda qiling. Xohlasangiz, oyga sajda qiling. Xohlasangiz, Allohning oyatlari haqida kufr soʻzlar ayting.
«Albatta, U zot nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir.»
Har bir ishingizni Alloh taolo koʻrib turadi.
Qiyomatda amalingizga yarasha jazolaydi.