مَّا يُقَالُ لَكَ إِلَّا مَا قَدْ قِيلَ لِلرُّسُلِ مِن قَبْلِكَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍ وَذُو عِقَابٍ أَلِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga aytilayotgan narsaki bor, batahqiq, sendan oldingi Payg`ambarlarga ham aytilgandir. Albatta, Robbing mag`firat egasidir va alamli azob egasidir.Сенга айтилаётган нарсаки бор, батаҳқиқ, сендан олдинги Пайғамбарларга ҳам айтилгандир. Албатта, Роббинг мағфират эгасидир ва аламли азоб эгасидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga ham (kofirlar tomonidan) faqat sizdan avvalgi paygʻambarlarga (kofirlar tomonidan) aytilgan soʻzlargina aytilur (yaʼni, agar mushriklar sizga ozor-aziyatlar yetkazayotgan boʻlsalar, siz bunga sabr qiling, chunki avvalgi paygʻambarlarga ham kofirlar tomonidan xuddi shunga oʻxshagan ozor-aziyatlar yetgandir). Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz ham magʻfirat Sohibidir, ham alamli azob Sohibidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга ҳам (кофирлар томонидан) фақат сиздан аввалги пайғамбарларга (кофирлар томонидан) айтилган сўзларгина айтилур (яъни, агар мушриклар сизга озор-азиятлар етказаётган бўлсалар, сиз бунга сабр қилинг, чунки аввалги пайғамбарларга ҳам кофирлар томонидан худди шунга ўхшаган озор-азиятлар етгандир). Шак-шубҳасиз, Парвардигорингиз ҳам мағфират Соҳибидир, ҳам аламли азоб Соҳибидир.
Senga kelgan vahiy oldin oʻtgan Paygʻambarlarga ham tushirilgan edi. Iloh bir, vahiy bir, aqiyda bir, Paygʻambarlik bir, shuningdek, odamlarning ularga munosabati ham bir. Baʼzilari iymon keltirib, amal qiladi. Baʼzilari kufr keltirib, osiy boʻladi.
«Albatta, Robbing magʻfirat egasidir va alamli azob egasidir.»
Vahiyga iymon keltirib, amal qilganlarning gunohlarini kechirib jannatga kiritadi. Vahiyga kufr keltirib, isyon qilganlarni alamli azob ila azoblaydi.
Qurʼoni Karimning ajamiy emas, arabiy etilishi ham bir neʼmatligi kelasi oyatda aytiladi: