وَلَوْ جَعَلْنَـٰهُ قُرْءَانًا أَعْجَمِيًّا لَّقَالُوا۟ لَوْلَا فُصِّلَتْ ءَايَـٰتُهُۥٓ ۖ ءَا۬عْجَمِىٌّ وَعَرَبِىٌّ ۗ قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ هُدًى وَشِفَآءٌ ۖ وَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ فِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرٌ وَهُوَ عَلَيْهِمْ عَمًى ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ يُنَادَوْنَ مِن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz uni ajamiycha Qur'on qilganimizda, albatta: «Uning oyatlari mufassal bayon qilinganida edi. Arabiyga ajamchami?!» – der edilar. Sen: «U, iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir. Iymon keltirmaydiganlarning quloqlarida og`irlik bordir. U, ular uchun ko`rlikdir. Ular uzoq makondan chaqirilayotganlardir», deb ayt.Агар Биз уни ажамийча Қуръон қилганимизда, албатта: «Унинг оятлари муфассал баён қилинганида эди. Арабийга ажамчами?!» – дер эдилар. Сен: «У, иймон келтирганлар учун ҳидоят ва шифодир. Иймон келтирмайдиганларнинг қулоқларида оғирлик бордир. У, улар учун кўрликдир. Улар узоқ макондан чақирилаётганлардир», деб айт.Alauddin Mansour: Agar Biz (Qurʼonni) ajamiy (yaʼni, arab tilida boʻlmagan) Qurʼon qilganimizda, albatta ular: «Uning oyatlari (bizlarning tilimizda) bayon qilinmabdi-da. (Muhammadning oʻzi) arab-ku, (nega unga) ajamiy (Qurʼon tushibdi?)», degan boʻlur edilar. Ayting: «(Ushbu Qurʼon) iymon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dillaridagi shak-shubhani ketkazuvchi) shifodir. Iymon keltirmaydigan kimsalarni esa quloqlarida ogʻirlik-karlik bordir va (Qurʼon) ularga koʻrlik (yaʼni, qop-qorongʻi zulmat) boʻlur. Ular (goʻyo) uzoq bir joydan chaqirilayotgan kishilar kabidirlar, yaʼni garchi Qurʼon oyatlarini eshitsalar-da, uning maʼno-hikmatlarini anglay olmaslar).Агар Биз (Қуръонни) ажамий (яъни, араб тилида бўлмаган) Қуръон қилганимизда, албатта улар: «Унинг оятлари (бизларнинг тилимизда) баён қилинмабди-да. (Муҳаммаднинг ўзи) араб-ку, (нега унга) ажамий (Қуръон тушибди?)», деган бўлур эдилар. Айтинг: «(Ушбу Қуръон) иймон келтирган зотлар учун ҳидоят ва (дилларидаги шак-шубҳани кетказувчи) шифодир. Иймон келтирмайдиган кимсаларни эса қулоқларида оғирлик-карлик бордир ва (Қуръон) уларга кўрлик (яъни, қоп-қоронғи зулмат) бўлур. Улар (гўё) узоқ бир жойдан чақирилаётган кишилар кабидирлар, яъни гарчи Қуръон оятларини эшитсалар-да, унинг маъно-ҳикматларини англай олмаслар).
Makka mushriklarining qalblarini mogʻor bosgani uchun ham, oʻz tillaridagi ilohiy kitob Qurʼon haqida bir-birlariga: «Unga quloq osmanglar, unga xalaqit beringlar», deyishardi.
«Agar Biz uni ajamiycha Qurʼon qilganimizda, albatta: «Uning oyatlari mufassal bayon qilinganida edi. Arabiyga ajamchami?!» – der edilar.»
Farazan, Qurʼonni arab tilida emas, biror ajamiy tilda nozil qilganimizda, kofir mushriklar bunga ham gap topar edilar. Ular: «Qurʼon oyatlari bizning arab tilimizda mufassal bayon qilinganida edi, uni eshitishimiz, oʻrganishimiz mumkin edi. Arabiy odamga ajamcha Qurʼon ham tushiriladimi?» deyishlari aniq edi. Yaʼni, nima qilib boʻlsa ham, bahona topar edilar. Chunki, aslida, Qurʼonga ergashish niyatlari yoʻq.
Ey Paygʻambar!
«Sen: «U, iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir», deb ayt.
Qurʼoni Karim moʻminlar uchun hidoyatdir. Qurʼon moʻminlarni saodatli hidoyat yoʻliga boshlaydi. Qurʼoni Karim moʻminlar hayotining har bir sohasida ularga hidoyat mayogʻi boʻladi. Uning hidoyatidan bahramand boʻlish uchun unga iymon keltirish kerak.
Qurʼoni Karim moʻminlar uchun shifodir. Qurʼon moʻminlarning barcha dardlariga shifo boʻladi. Qurʼon odamlarning qalblaridagi kasallariga, turli ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy, maʼnaviy kasallarga shifodir. Uning shifobaxshligidan bahramand boʻlmoq uchun unga iymon keltirgan boʻlish kerak.
«Iymon keltirmaydiganlarning quloqlarida ogʻirlik bordir.»
Qurʼonga iymoni yoʻqlarning quloqlari kardir. Iymonsizlik ogʻir darddir. Unda kishining qalbi kasal boʻlib, metin toshga aylanib qoladi. Buning asorati boshqa aʼzolarga ham taʼsir oʻtkazadi. Quloqlari kar boʻlib qoladi. Ular Qurʼonni ham eshita olmaydilar.
«U, ular uchun koʻrlikdir.»
Qurʼon kofirlar uchun maʼnaviy koʻrlikdir. Ular hech narsaning farqiga bormaydilar.
«Ular uzoq makondan chaqirilayotganlardir.»
Uzoq makondan chaqirilganlar ovozni eshitmaydilar, hech narsani tushunmaydilar. Shuningdek, Qurʼonga iymon keltirmaganlar ham undan hech narsani anglay olmaydilar.