وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَـٰبَ فَٱخْتُلِفَ فِيهِ ۗ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِى شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbing tomonidan oldin so`z o`tmaganida, oralarida, albatta, hukm chiqarilardi. Albatta, ular u haqda gumonli shakdadirlar.Батаҳқиқ, Биз Мусога китобни бердик. Бас, у ҳақида ихтилоф қилинди. Агар Роббинг томонидан олдин сўз ўтмаганида, ораларида, албатта, ҳукм чиқариларди. Албатта, улар у ҳақда гумонли шакдадирлар.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Musoga Kitob — Tavrot ato etganimizda, u (Tavrot) haqida ham (xuddi Qurʼon haqida ixtilof qilinganidek) ixtilof qilingandir. Agar Parvardigoringiz tomonidan (barcha hisob-kitob Qiyomat Kuni boʻlishi xususidagi) Soʻz oʻtmaganida, ularning oʻrtasida hukm qilingan boʻlur edi (yaʼni, ularga iymonsizliklari uchun darhol jazo berilgan boʻlur edi). Haqiqatan ham ular (Qurʼon) haqida shubha-gumondadirlar.Дарҳақиқат, Биз Мусога Китоб — Таврот ато этганимизда, у (Таврот) ҳақида ҳам (худди Қуръон ҳақида ихтилоф қилинганидек) ихтилоф қилингандир. Агар Парвардигорингиз томонидан (барча ҳисоб-китоб Қиёмат Куни бўлиши хусусидаги) Сўз ўтмаганида, уларнинг ўртасида ҳукм қилинган бўлур эди (яъни, уларга иймонсизликлари учун дарҳол жазо берилган бўлур эди). Ҳақиқатан ҳам улар (Қуръон) ҳақида шубҳа-гумондадирлар.
Bu oyatda Qurʼoni Karimga iymon keltirmay, u haqida ixtilof qilib, gumon va shak-shubhaga borganlarga eslatma va tahdid kelmoqda.
«Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik.»
Hozir Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qurʼonni bergandek, Alloh taolo oʻtmishda Muso alayhissalomga ham Tavrot kitobini bergan.
«Bas, u haqida ixtilof qilindi.»
Muso alayhissalomning qavmi tomonidan Tavrot haqida ixtilof qilindi. Baʼzilari iymon keltirdi. Baʼzilari kufrga ketdi. Xuddi Qurʼonga nisbatan munosabatga oʻxshash munosabat boʻldi.
«Agar Robbing tomonidan oldin soʻz oʻtmaganida, oralarida, albatta, hukm chiqarilardi.»
Agar Alloh taolo qiyomatda hisob-kitob qilishga soʻz bermaganida, kitobiga kufr keltirganlarni, albatta, hozirning oʻzidayoq azobga duchor etar edi.
«Albatta, ular u haqda gumonli shakdadirlar.»
Yaʼni, kofirlar Qurʼon haqida shak-shubhaga boradilar. Shuning uchun, ularni hozir azoblasa ham boʻladi. Ammo, Alloh taoloning vaʼdasiga binoan, azobga giriftor boʻlmay turibdilar. Hozircha har kim bilganini qilaversin.