۞ إِلَيْهِ يُرَدُّ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ ۚ وَمَا تَخْرُجُ مِن ثَمَرَٰتٍ مِّنْ أَكْمَامِهَا وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِۦ ۚ وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ أَيْنَ شُرَكَآءِى قَالُوٓا۟ ءَاذَنَّـٰكَ مَا مِنَّا مِن شَهِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Soat(qiyomat) ilmi U zotning O`zigagina qaytarilur. Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, har bir urg`ochining nimaga homilador bo`lishi ham, nimani tug`ishi ham faqat Uning ilmi ila bo`lur. U zot ularga: «Mening sheriklarim qani?!» – deb nido qiladigan kunda, ular: «Biz senga bildiramizki, bunga bizdan birorta guvoh yo`q», derlar.Соат(қиёмат) илми У зотнинг Ўзигагина қайтарилур. Барча меваларнинг гулкосаларидан чиқиши ҳам, ҳар бир урғочининг нимага ҳомиладор бўлиши ҳам, нимани туғиши ҳам фақат Унинг илми ила бўлур. У зот уларга: «Менинг шерикларим қани?!» – деб нидо қиладиган кунда, улар: «Биз сенга билдирамизки, бунга биздан бирорта гувоҳ йўқ», дерлар.Alauddin Mansour: (Qiyomat) soati (qachon boʻlishi) haqidagi bilim Uning Oʻzigagina qaytarilur (yaʼni, Qiyomat qachon boʻlishi haqida soʻralgan kishi «Uni yolgʻiz Alloh biladi», deyishi lozimdir). Barcha mevalarning oʻz gulkosalaridan chiqishi ham, har bir ayolning (urgʻochi jinsning) homila olib, koʻz yorishi ham albatta Uning ilmi bilan boʻlur. U zot (mushriklarga) Mening sheriklarim qani?!», deb nido qiladigan Kunda ular: «Bizlar Senga bildirurmizki, oramizda (Sening sheriklaring borligiga) bironta ham guvoh yoʻqdir», dedilar.(Қиёмат) соати (қачон бўлиши) ҳақидаги билим Унинг Ўзигагина қайтарилур (яъни, Қиёмат қачон бўлиши ҳақида сўралган киши «Уни ёлғиз Аллоҳ билади», дейиши лозимдир). Барча меваларнинг ўз гулкосаларидан чиқиши ҳам, ҳар бир аёлнинг (урғочи жинснинг) ҳомила олиб, кўз ёриши ҳам албатта Унинг илми билан бўлур. У зот (мушрикларга) Менинг шерикларим қани?!», деб нидо қиладиган Кунда улар: «Бизлар Сенга билдирурмизки, орамизда (Сенинг шерикларинг борлигига) биронта ҳам гувоҳ йўқдир», дедилар.
Alloh taolo har bir bandaga qilmishiga qarab adolat ila mukofot yoki jazo beradigan qiyomat kuni qachon boʻlishini faqat Oʻzi biladi. Chunki, Alloh taoloning ilmi mutlaq va shomildir. Ha,
«Soat(qiyomat) ilmi U zotning Oʻzigagina qaytarilur».
Hattoki,
«Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, har bir urgʻochining nimaga homilador boʻlishi ham, nimani tugʻishi ham faqat Uning ilmi ila boʻlur».
Dunyoda sonsiz-sanoqsiz oʻsimliklar bor, har bir oʻsimlik, buta va daraxtning qanchadan-qancha gulkosalari bor. Har bir gulkosadan nima chiqishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. Boshqalar mevalarni koʻradi, xolos. Unda ham sanoqli mevalarni, koʻradi. Alloh taolo esa, hamma gulkosalardan nima chiqishini aniq biladi.
Shuningdek, dunyoda qanchadan-qancha urgʻochi jonzotlar bor. Ularning hammasi homilador boʻladi, tugʻadi. Ularning son-sanogʻiga yetish qiyin. Ammo, Alloh taolo ularning nimaga homilador boʻlishini ham, nimani tugʻishini ham biladi. Nobakor insonlargina Alloh taoloning bu ilmini eʼtirof qilmaydilar, inkor etadilar va Allohni aldamoqchi boʻladilar. Oʻzlaricha odamlardan berkitib, goʻyoki Alloh taolo bilmaydigandek, kufr keltiradilar, gunohlar qiladilar. Alloh taologa nisbatan bu nobakorlikni ular hatto oxiratda ham qiladilar.
«U zot ularga: «Mening sheriklarim qani?!» – deb nido qiladigan kunda, ular: «Biz senga bildiramizki, bunga bizdan birorta guvoh yoʻq», derlar.»
Qiyomat kuni Alloh taolo mushriklarga, u dunyoda siz menga turli narsalarni sherik qilar edingiz, oʻsha «Mening sheriklarim qani?!» deb soʻraydi. Mushriklar, Allohning mutlaq ilmidan bexabar gumrohlar U zotni aldamoqchi boʻlib, bizdan biror kishi sening sheriging bor deb, guvohlik bermaydi, deydilar. Qiyomatni koʻrganlaridan keyin, Allohga sherik qilgan soxta xudolaridan tonadilar. Vaqt oʻtganidan keyin, Allohning yolgʻiz Oʻziga iymon keltirganlarini aytadilar.