وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَدْعُونَ مِن قَبْلُ ۖ وَظَنُّوا۟ مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ulardan ilgari iltijo qilib yurgan narsalari g`oyib bo`ldi. Ular o`zlariga qochar joy yo`qligiga to`la ishondilar.Ва улардан илгари илтижо қилиб юрган нарсалари ғойиб бўлди. Улар ўзларига қочар жой йўқлигига тўла ишондилар.Alauddin Mansour: Va oʻzlari ilgari (hayoti dunyoda) duo-iltijo qilib oʻtgan butlari ulardan gʻoyib boʻldi. Ular oʻzlari uchun (Allohning azobidan) qochadigan biron joy yoʻq ekanligiga ishondilar.Ва ўзлари илгари (ҳаёти дунёда) дуо-илтижо қилиб ўтган бутлари улардан ғойиб бўлди. Улар ўзлари учун (Аллоҳнинг азобидан) қочадиган бирон жой йўқ эканлигига ишондилар.
Mushriklarning bu dunyoda sigʻinib yurgan soxta xudolari ham oʻsha kunda ulardan qochadi. Ana shunda mushriklar oʻzlari uchun jahannam azobidan qutulish imkoni yoʻqligiga ishonib yetadilar.
Odamlar oʻsha qiyomat kuniga tayyorgarlik koʻrmay, beparvo yuradilar. Oxiratda yaxshilikka erishish va zarardan qutulish uchun intilmaydilar. Asl tabiatlariga zid ish qiladilar.