QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят54

أَلَآ إِنَّهُمْ فِى مِرْيَةٍ مِّن لِّقَآءِ رَبِّهِمْ ۗ أَلَآ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍ مُّحِيطٌۢ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ogoh bo`linglar! Albatta, ular Robbilariga ro`baro` bo`lishdan shakdadirlar. Ogoh bo`linglar! Albatta, U zot har bir narsani ihota qilguvchidir.Огоҳ бўлинглар! Албатта, улар Роббиларига рўбарў бўлишдан шакдадирлар. Огоҳ бўлинглар! Албатта, У зот ҳар бир нарсани иҳота қилгувчидир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar) ogoh boʻlingizkim, albatta ular Parvardigorlariga roʻbaroʻ boʻlishdan shak-shubhadadirlar. Ogoh boʻlingizkim, albatta U zot barcha narsani ihota qilguvchidir.(Эй инсонлар) огоҳ бўлингизким, албатта улар Парвардигорларига рўбарў бўлишдан шак-шубҳададирлар. Огоҳ бўлингизким, албатта У зот барча нарсани иҳота қилгувчидир.

482-sahifa · 25-juz · 49-hizb482-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَآogoh boʻlinglarогоҳ бўлингларإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларفِى-da-даمِرْيَةٍۢshakшакمِّن-dan-данلِّقَآءِroʻbaroʻ boʻlishdanрўбарў бўлишданرَبِّهِمْ ۗRobbilarigaРоббиларигаأَلَآogoh boʻlinglarогоҳ бўлингларإِنَّهُۥalbatta, U zotалбатта, У зотبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaniнарсаниمُّحِيطٌۢixota qilguvchidirихота қилгувчидир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada moʻmin-musulmonlar kofir, mushrik va munofiqlarning gap-soʻzlari, ish va oʻzlaridan doimo ogoh boʻlishlari lozimligi taʼkidlanmoqda.

«Ogoh boʻlinglar. Albatta, ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishdan shakdadirlar.»

Unga roʻbaroʻ boʻlishdan qochib qayerga ham borar edilar? Ammo ularning kofirliklari, mushrik va munofiqliklari qiyomat qoim boʻlishiga, Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishlariga ishonmasliklarini koʻrsatib turibdi. Bu esa, oʻta xatarlidir. Chunki, ayni shu narsa insonni barcha yomoliklarni kiprik qoqmay qilishga yetaklaydi. Ayni shu narsa, insonning ikki dunyoda badbaxt boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun ham, ogoh boʻlish lozim.

«Ogoh boʻlinglar. Albatta, U zot har bir narsani ixota qilguvchidir.»

Ha, Alloh taolo kattayu kichik har bir narsani qamrab oluvchi zotdir. Qiyomat kunida ana oʻshanga binoan hisob-kitob qiluvchi zotdir. Ana shuning uchun ham inson ogoh boʻlishi zarurdir.