سَنُرِيهِمْ ءَايَـٰتِنَا فِى ٱلْـَٔافَاقِ وَفِىٓ أَنفُسِهِمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ ۗ أَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularga ham ufqlardagi, ham o`z nafslaridagi oyat (belgi)larimizni ko`rsatamiz. Toki, ularga uning haqligi ravshan bo`lsin. Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?!Биз уларга ҳам уфқлардаги, ҳам ўз нафсларидаги оят (белги)ларимизни кўрсатамиз. Токи, уларга унинг ҳақлиги равшан бўлсин. Сенинг Роббинг ҳар бир нарсага шоҳид эканлиги кифоя қилмасмиди?!Alauddin Mansour: Toki ularga (ushbu Qurʼon rostdan ham Alloh tomonidan nozil qilingan) Haq (Kitob) ekanligi aniq maʼlum boʻlgunicha, albatta, Biz ularga atrof-ofoqdagi va oʻz vujudlaridagi (Bizning borligimiz va qudratimizga dalolat qiladigan) oyat-alomatlarimizni koʻrsatajakmiz. Axir (ularga) Parvardigoringizning barcha narsaga guvoh ekani (yaʼni, Alloh taolo ushbu Qurʼonda koinotdagi barcha narsani qamrab olib, Oʻz hukmini bayon qilayotgani sizning haq paygʻambar ekanligingizni isbotlash uchun) yetarli emasmi?!Токи уларга (ушбу Қуръон ростдан ҳам Аллоҳ томонидан нозил қилинган) Ҳақ (Китоб) эканлиги аниқ маълум бўлгунича, албатта, Биз уларга атроф-офоқдаги ва ўз вужудларидаги (Бизнинг борлигимиз ва қудратимизга далолат қиладиган) оят-аломатларимизни кўрсатажакмиз. Ахир (уларга) Парвардигорингизнинг барча нарсага гувоҳ экани (яъни, Аллоҳ таоло ушбу Қуръонда коинотдаги барча нарсани қамраб олиб, Ўз ҳукмини баён қилаётгани сизнинг ҳақ пайғамбар эканлигингизни исботлаш учун) етарли эмасми?!
Ushbu oyatda Alloh taolo bundan oʻn besh asr ilgari odamlarga ufqlardagi oʻz oyat(belgi)larini koʻrsatib, Qurʼoni Karimning haqligini ravshan etishni vaʼda bermoqda. Allohning vaʼdasi haq. Alloh vaʼdasiga vafo qiladi.
«Biz ularga ham ufqlardagi, ham oʻz nafslaridagi oyat(belgi)larimizni koʻrsatamiz. Toki, ularga uning haqligi ravshan boʻlsin.»
Darhaqiqat, oʻtgan davr ichida Alloh taolo odamlarga ufqlarda, tevarak-atroflarda koʻplab ajoyibotlarni anglatib qoʻydiki, oʻsha belgilarni oʻrgangan odamlar Qurʼonning haq ilohiy kitob ekanini tan olib, musulmon boʻlmoqdalar. Yershunos, osmonshunos, tabiatshunos, hayvonshunos va boshqa turli soha olimlari Allohning ufqlaridagi oyat-belgilarini oʻrganib, Alloh taologa iymon keltirmoqdalar.
Shuningdek, insonning oʻzini oʻrgangan olimlar ham Qurʼonni tan olmoqdalar. Holbuki:
«Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?!»
Alloh taoloning har bir kattayu kichik narsaga guvoh ekani kifoya qilmasmidiki, ularga oyatlarni koʻrsatish lozim boʻldi.