QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят52

قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ثُمَّ كَفَرْتُم بِهِۦ مَنْ أَضَلُّ مِمَّنْ هُوَ فِى شِقَاقٍۭ بَعِيدٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Menga aytinglar-chi, agar u Allohning huzuridan bo`lsa-yu, siz unga kufr keltirib yurgan bo`lsangiz. Xo`sh, (haqdan) uzoq tortishuvda bo`lganlardan ham adashganroq kim bor?!» – deb ayt.Сен: «Менга айтинглар-чи, агар у Аллоҳнинг ҳузуридан бўлса-ю, сиз унга куфр келтириб юрган бўлсангиз. Хўш, (ҳақдан) узоқ тортишувда бўлганлардан ҳам адашганроқ ким бор?!» – деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (Qurʼon) haqiqatan ham Alloh huzuridan (nozil qilingan boʻlsa-yu, soʻngra sizlar u (Qurʼon)ga kofir boʻlsangizlar, (u holda) kim (sizlar kabi) mangu ixtilofda boʻlgan kimsalardan ham yoʻldan ozganroq boʻlur?!»(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушрикларга) айтинг: «Хабар берингиз-чи, агар (Қуръон) ҳақиқатан ҳам Аллоҳ ҳузуридан (нозил қилинган бўлса-ю, сўнгра сизлар у (Қуръон)га кофир бўлсангизлар, (у ҳолда) ким (сизлар каби) мангу ихтилофда бўлган кимсалардан ҳам йўлдан озганроқ бўлур?!»

482-sahifa · 25-juz · 49-hizb482-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтأَرَءَيْتُمْmenga aytinglar-chiменга айтинглар-чиإِنagarагарكَانَu boʻlsaу бўлсаمِنْ-dan-данعِندِhuzuridanҳузуриданٱللَّهِAllohningАллоҳнингثُمَّsoʻngraсўнграكَفَرْتُمsiz kufr keltirgan boʻlsangizсиз куфр келтирган бўлсангизبِهِۦungaунгаمَنْkimкимأَضَلُّadashganroqадашганроқمِمَّنْkimsadanкимсаданهُوَuуفِى-da-даشِقَاقٍۭtortishuvdaтортишувдаبَعِيدٍۢuzoqузоқ
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, sollallohu alayhi vasallam, sen oʻsha subutsiz, tuturiqsiz kofir-mushriklarning koʻzlarini ochadigan bir gap ayt:

«Sen: «Menga aytinglar-chi, agar u Alllohning huzuridan boʻlsayu, siz unga kufr keltirib yurgan boʻlsangiz»,

unda nima degan odam boʻlasiz, deb ayt.

Hozir siz Qurʼonni Allohning huzuridan emas deb, unga kufr keltirmoqdasiz. Ammo kufrdan biror foyda koʻrganingiz yoʻq. Qurʼonga kufr keltirgan odam hech qachon foyda koʻrgan emas. Bu, masalaning bir tomoni. Ikkinchidan, mabodo, Qurʼonni haqiqatan ham Alloh tushirgan boʻlsa, unda nima qilasiz?! Unda bu dunyoda ham, u dunyoda ham yutqazgan boʻlasiz.

Endi ayting-chi:

«Xoʻsh, (haqdan) uzoq tortishuvda boʻlganlardan ham adashganroq kim bor?!»

Hech kim yoʻq. Kofir va mushriklar Qurʼon, Islom, dinu diyonat va qiyomat haqida bekordan-bekorga tortishadilar. Ularning bu bahslari ularning naqadar zalolatga ketgan odamlar ekanini koʻrsatadi. Chunki, ular ochiq-oydin haqiqatni tan olmay oʻzlariga zarar keltirayotgan odamlardir. Musulmon boʻlgan odam bu dunyoda yaxshilikka erishadi. Kofirlarning esa, bu dunyoda yaxshilikka erishishi gumon. Oxiratda musulmon yaxshilikka, kofir yomonlikka erishishi esa, turgan gap.

Demak, musulmon ikki holatda ham yutadi. Kofir ikki holatda ham yutqazadi. Dunyoda mana shu oddiy haqiqatni koʻra-bila turib, turli yoʻllarda adashib, tortishib yurgan kofirlardan ham zolimroq odam boʻlmasa kerak.

Surai karimaning oxirgi ikki oyatida kelajakka taalluqli vaʼda keladi: