QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят8

إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajrlar bor», deb ayt.Албатта, иймон келтириб, солиҳ амалларни қилганларга битмас-туганмас ажрлар бор», деб айт.Alauddin Mansour: Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas ajr-mukofot bordir.Албатта иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар учун битмас-туганмас ажр-мукофот бордир.

477-sahifa · 24-juz · 48-hizb477-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarniсолиҳ амалларниلَهُمْularga borуларга борأَجْرٌajrажрغَيْرُbitmasбитмасمَمْنُونٍۢtuganmasтуганмас
TafsirТафсир

Mushriklar nima uchun Paygʻambardan, unga yuborilgan Qurʼondan bunchalik qoʻrqadilar? Nima uchun uning daʼvatiga nisbatan qalblari gʻiloflarga tushib oladi? Nima uchun Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning gaplarini va Qurʼonni eshitishdan quloqlari ogʻir boʻlib qoladi? Nima uchun ular bilan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oralarida parda boʻladi? Nima uchun ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga «Sen oʻz ishingni qilaver, biz oʻz ishimizni qilaveramiz», deyishadi?! Holbuki, Paygʻambar qandaydir gʻaroyib, inson tabiatidan uzoq bir narsa emas, ularga oʻxshagan bashar-ku!

Ey Paygʻambar!

«Sen: «Men ham sizga oʻxshash basharman, xolos», deb ayt.

Men sizlarni chaqirayotgan narsa ham bashariyatga bagʻishlangan. Qurʼon ham bashariyat uchun Alloh taolo tomonidan nozil qilingan ilohiy taʼlimotdir. Mening sizdan birgina farqim:

«Menga, albatta, ilohingiz yagona ilohdir, deya vahiy qilinur».

Menga Allohdan vahiy keladi. Oʻsha vahiyning asosiy maʼnosi, albatta, ilohingiz yagona ilohdir, degan maʼnodir. Dunyoda yagona iloh–ibodatga sazovor zot bor. Barcha oʻsha yagona ilohga ibodatda yashamogʻi lozim.

«Bas, Uning Oʻzigagina toʻgʻri yuzlaning...»

Uning vahdoniyatiga iymon keltiring, Unga ixlos bilan ibodat qiling.

«...va Unga istigʻfor ayting.»

Oʻtgan gunohlaringizni kechishini soʻrab Alloh taologa istigʻfor ayting. Ana shunda najotga erishasiz.

Allohning vahdoniyatini tan olmay, Unga shirk keltirgan

«Mushriklar holiga voy boʻlsin».

Mushriklarga halokat boʻlsin, xaroblik boʻlsin.

«Ular zakotni ado etmaslar...»

Bu ham ularning holini ogʻirlashtiradigan sabablardan biridir. Ularga Alloh tomonidan berilgan boylikdan muhtojlarning haqqini chiqarib bermaydilar.

«...va ular oʻzlari oxiratga kufr keltirguvchilardir.»

Shuning uchun ham, mazkur shirk va jinoyatlarni qilishga jurʼat eta oladilar.

Mushriklar duchor boʻladigan halokatdan farqli oʻlaroq, moʻminlarning hollari tamoman boshqacha boʻladi.

«Albatta, iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajrlar bor», deb ayt.»

Ha, jannatdagi bitmas-tuganmas nozu neʼmatlarning egasi boʻlish uchun sof iymon va solih amal kerak.

Keyingi oyatlarda kofir va mushriklar oʻzlarining kufr va shirklari bilan qanchalik dahshatli jinoyat qilishlari fosh etiladi:

Ey Paygʻambar!