QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят9

۞ قُلْ أَئِنَّكُمْ لَتَكْفُرُونَ بِٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَرْضَ فِى يَوْمَيْنِ وَتَجْعَلُونَ لَهُۥٓ أَندَادًا ۚ ذَٰلِكَ رَبُّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizlar, haqiqatan ham, yerni ikki kunda yaratgan Zotga kufr keltiryapsizmi va Unga tengdoshlar qo`shyapsizmi?! Axir, U zot olamlarning Robbi-ku!Сен: «Сизлар, ҳақиқатан ҳам, ерни икки кунда яратган Зотга куфр келтиряпсизми ва Унга тенгдошлар қўшяпсизми?! Ахир, У зот оламларнинг Робби-ку!Alauddin Mansour: Ayting: «Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan Zotga kofir boʻlurmisizlar va oʻzgalarni Unga tenglashtirurmisizlar?! Bu (Alloh) barcha olamlarning Parvardigori-ku?!Айтинг: «Ҳақиқатан ҳам сизлар Ерни икки кунда яратган Зотга кофир бўлурмисизлар ва ўзгаларни Унга тенглаштирурмисизлар?! Бу (Аллоҳ) барча оламларнинг Парвардигори-ку?!

477-sahifa · 24-juz · 48-hizb477-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ قُلْaytайтأَئِنَّكُمْhaqiqatan ham sizlarmiҳақиқатан ҳам сизлармиلَتَكْفُرُونَkufr keltiryapsizlarкуфр келтиряпсизларبِٱلَّذِىoʻsha zotgaўша зотгаخَلَقَyaratganяратганٱلْأَرْضَyerniерниفِى-da-даيَوْمَيْنِikki kundaикки кундаوَتَجْعَلُونَva qoʻshyapsizmiва қўшяпсизмиلَهُۥٓUngaУнгаأَندَادًۭا ۚtengdoshlarтенгдошларذَٰلِكَana oʻshaана ўшаرَبُّRobbidirРоббидирٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Kofirlar Allohga iymon keltirmayotganlari bilan qanday zotga kufr keltirayotganlarini, Allohni inkor etish bilan qanday zotga isyon qilayotganlarini idrok etarmikanlar? Ushbu ikki oyatda va ulardan keyingi oyatlarda kofirlar kufr keltirayotgan Alloh qanday zot ekanligi bayon qilinadi. Oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga quyidagi savol va bayonlarni xitob qilish topshiriladi:

«Sizlar, haqiqatan ham, yerni ikki kunda yaratgan Zotga kufr keltiryapsizmi...»

Shunday ulkan sayyora–yerni ikki kunda yaratgan Allohga kufr keltirib boʻladimi?! Uning qudratidan, har ishga qodirligidan qoʻrqmaysizlarmi?! Yerdek buyuk jismni atigi ikki kunda yaratgan zot sizlarni halok qila olmaymidi?!

«...va Unga tengdoshlar qoʻshyapsizmi?!»

Ey, kofirlar, siz Allohga shirk keltiryapsizlarmi?! Shirk keltirishingiz tufayli Uning gʻazabiga qolishdan qoʻrqmadingizmi?!

«Axir, U zot olamlarning Robbi-ku!»

Axir, siz kufr va shirk keltirayotgan Alloh barcha olamlarning Robbi–Xoliqi, Roziqi, tadabburini qiluvchisi, tarbiyakunandasi-ku! Qanday qilib shunday ulugʻ Zotga kufr keltirasiz?! Qanday qilib shunday buyuk Zotga shirk keltirasiz?!

«U zot oʻsha(yer)ning ustida togʻlarni qildi...»

Inson koʻziga togʻlar yer yuzida eng salobatli, sobit, ulkan va qudratli boʻlib koʻrinadi. Sobitlik, ulugʻvorlik, viqor kabi vasflarga togʻlar misol qilib keltiriladi. Yerning ustida oʻsha togʻlarni yaratgan zot Allohdir. Shunday Zotga qanday ham kufr keltirib boʻladi?! Shunday Zotga qanday ham shirk keltirib boʻladi?

«...uni barakotli qildi...»

Yaʼni, Alloh taolo yerni barakotli qildi. Hamma tomonda barakot koʻrindi. Yerning usti ham baraka, ichi ham baraka. Yerdagi baraka inson uchundir. Bu barakani Allohdan boshqa hech kim qila olmadi. Shunday Zotga kufr keltirib boʻladimi?! Shunday Zotga shirk keltirib boʻladimi?!

«...va uning (ahli) rizqini toʻrt kunda oʻlchovli etib taqdir qildi.»

Yerning rizqi, yaʼni yer ahlining rizqi oʻlchovli, belgili qilib qoʻyilgan. Kattayu kichik, kuchligu kuchsiz–hamma-hammasi rizqini topib yeyaveradi. Filga ham oʻziga yarasha rizq bor, chumoliga ham. Hammasi oʻlchovli, hammasi taqdir qilingan. Bu ishni faqat Alloh taologina qila oladi. Boshqa hech bir zotning qoʻlidan kelmaydi. Birorta chumoliga rizq beradigan zot haligacha chiqqani yoʻq. Chiqmaydi ham. Ana shunday ulugʻ Zotga kufr keltirib boʻladimi?! Ana shunday buyuk Zotga shirk keltirib boʻladimi?!