QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят10

وَجَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِىَ مِن فَوْقِهَا وَبَـٰرَكَ فِيهَا وَقَدَّرَ فِيهَآ أَقْوَٰتَهَا فِىٓ أَرْبَعَةِ أَيَّامٍ سَوَآءً لِّلسَّآئِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot o`sha(er)ning ustida tog`larni qildi, uni barakotli qildi va uning (ahli) rizqini to`rt kunda o`lchovli etib taqdir qildi. Bu, so`rovchilar uchundir», deb ayt.У зот ўша(ер)нинг устида тоғларни қилди, уни баракотли қилди ва унинг (аҳли) ризқини тўрт кунда ўлчовли этиб тақдир қилди. Бу, сўровчилар учундир», деб айт.Alauddin Mansour: U zot (Yerning) ustida togʻlarni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda oʻsha (yer)da uning yemishlarini (yaʼni, Yer ahlining rizqu roʻzlarini) toʻla toʻrt kunda belgilab — taqsimladi. (Bu tafsilot) soʻraguvchilar uchundir.У зот (Ернинг) устида тоғларни (пайдо) қилди ва уни баракотли қилди ҳамда ўша (ер)да унинг емишларини (яъни, Ер аҳлининг ризқу рўзларини) тўла тўрт кунда белгилаб — тақсимлади. (Бу тафсилот) сўрагувчилар учундир.

477-sahifa · 24-juz · 48-hizb477-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلَva qildiва қилдиفِيهَاundaундаرَوَٰسِىَtogʻlarniтоғларниمِن-dan-данفَوْقِهَاuning ustidaунинг устидаوَبَـٰرَكَva barakotli qildiва баракотли қилдиفِيهَاundaундаوَقَدَّرَva taqdir qildiва тақдир қилдиفِيهَآundaундаأَقْوَٰتَهَاuning rizqiniунинг ризқиниفِىٓ-da-даأَرْبَعَةِtoʻrtтўртأَيَّامٍۢkundaкундаسَوَآءًۭoʻlchovli etibўлчовли этибلِّلسَّآئِلِينَsoʻrovchilar uchunсўровчилар учун
TafsirТафсир

Kofirlar Allohga iymon keltirmayotganlari bilan qanday zotga kufr keltirayotganlarini, Allohni inkor etish bilan qanday zotga isyon qilayotganlarini idrok etarmikanlar? Ushbu ikki oyatda va ulardan keyingi oyatlarda kofirlar kufr keltirayotgan Alloh qanday zot ekanligi bayon qilinadi. Oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga quyidagi savol va bayonlarni xitob qilish topshiriladi:

«Sizlar, haqiqatan ham, yerni ikki kunda yaratgan Zotga kufr keltiryapsizmi...»

Shunday ulkan sayyora–yerni ikki kunda yaratgan Allohga kufr keltirib boʻladimi?! Uning qudratidan, har ishga qodirligidan qoʻrqmaysizlarmi?! Yerdek buyuk jismni atigi ikki kunda yaratgan zot sizlarni halok qila olmaymidi?!

«...va Unga tengdoshlar qoʻshyapsizmi?!»

Ey, kofirlar, siz Allohga shirk keltiryapsizlarmi?! Shirk keltirishingiz tufayli Uning gʻazabiga qolishdan qoʻrqmadingizmi?!

«Axir, U zot olamlarning Robbi-ku!»

Axir, siz kufr va shirk keltirayotgan Alloh barcha olamlarning Robbi–Xoliqi, Roziqi, tadabburini qiluvchisi, tarbiyakunandasi-ku! Qanday qilib shunday ulugʻ Zotga kufr keltirasiz?! Qanday qilib shunday buyuk Zotga shirk keltirasiz?!

«U zot oʻsha(yer)ning ustida togʻlarni qildi...»

Inson koʻziga togʻlar yer yuzida eng salobatli, sobit, ulkan va qudratli boʻlib koʻrinadi. Sobitlik, ulugʻvorlik, viqor kabi vasflarga togʻlar misol qilib keltiriladi. Yerning ustida oʻsha togʻlarni yaratgan zot Allohdir. Shunday Zotga qanday ham kufr keltirib boʻladi?! Shunday Zotga qanday ham shirk keltirib boʻladi?

«...uni barakotli qildi...»

Yaʼni, Alloh taolo yerni barakotli qildi. Hamma tomonda barakot koʻrindi. Yerning usti ham baraka, ichi ham baraka. Yerdagi baraka inson uchundir. Bu barakani Allohdan boshqa hech kim qila olmadi. Shunday Zotga kufr keltirib boʻladimi?! Shunday Zotga shirk keltirib boʻladimi?!

«...va uning (ahli) rizqini toʻrt kunda oʻlchovli etib taqdir qildi.»

Yerning rizqi, yaʼni yer ahlining rizqi oʻlchovli, belgili qilib qoʻyilgan. Kattayu kichik, kuchligu kuchsiz–hamma-hammasi rizqini topib yeyaveradi. Filga ham oʻziga yarasha rizq bor, chumoliga ham. Hammasi oʻlchovli, hammasi taqdir qilingan. Bu ishni faqat Alloh taologina qila oladi. Boshqa hech bir zotning qoʻlidan kelmaydi. Birorta chumoliga rizq beradigan zot haligacha chiqqani yoʻq. Chiqmaydi ham. Ana shunday ulugʻ Zotga kufr keltirib boʻladimi?! Ana shunday buyuk Zotga shirk keltirib boʻladimi?!