QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят11

ثُمَّ ٱسْتَوَىٰٓ إِلَى ٱلسَّمَآءِ وَهِىَ دُخَانٌ فَقَالَ لَهَا وَلِلْأَرْضِ ٱئْتِيَا طَوْعًا أَوْ كَرْهًا قَالَتَآ أَتَيْنَا طَآئِعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga: «Ikkovingiz ixtiyor qilgan holingizda yoki majbur bo`lgan holingizda keling!» – dedi. Ikkovlari: «Ixtiyor qilgan holimizda keldik», dedilar.Сўнгра тутун ҳолидаги осмонга юзланиб, унга ва ерга: «Икковингиз ихтиёр қилган ҳолингизда ёки мажбур бўлган ҳолингизда келинг!» – деди. Икковлари: «Ихтиёр қилган ҳолимизда келдик», дедилар.Alauddin Mansour: Soʻngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va Yerga: «(Mening amri-farmonimga) ixtiyoran yoki majburan kelinglar!», degan edi, ular: «Oʻz ixtiyorimiz bilan keldik, (amringga boʻyinsundir)», dedilar.Сўнгра тутун ҳолидаги осмонга юзланиб, унга ва Ерга: «(Менинг амри-фармонимга) ихтиёран ёки мажбуран келинглар!», деган эди, улар: «Ўз ихтиёримиз билан келдик, (амрингга бўйинсундир)», дедилар.

477-sahifa · 24-juz · 48-hizb477-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَوَىٰٓyuzlandiюзландиإِلَى-ga-гаٱلسَّمَآءِosmongaосмонгаوَهِىَu boʻlsaу бўлсаدُخَانٌۭtutun holidaтутун ҳолидаفَقَالَbas, dediбас, дедиلَهَاungaунгаوَلِلْأَرْضِva yergaва ергаٱئْتِيَاikkovingiz kelingикковингиз келингطَوْعًاixtiyor qilgan holdaихтиёр қилган ҳолдаأَوْyokiёкиكَرْهًۭاmajbur boʻlgan holdaмажбур бўлган ҳолдаقَالَتَآikkovlari dedilarикковлари дедиларأَتَيْنَاkeldikкелдикطَآئِعِينَixtiyor qilgan holimizdaихтиёр қилган ҳолимизда
TafsirТафсир

Yuqoridagi ishlardan soʻng, Alloh taolo osmonni qasd qildi, unga irodasi ketdi. Oʻsha vaqtda osmon tutun(gaz) holida edi. (Dunyoning yaratilishi yuzasidan ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar ham shu haqiqatni tasdiqlamoqdalar.)

Alloh taolo osmonga va yerga qarab:

«Ikkovingiz ixtiyor qilgan holingizda yoki majbur boʻlgan holingizda keling!» – dedi».

Yaʼni, xohlasangiz, itoat qilgan holingizda keling, xohlasangiz, majbur boʻlib keling, dedi.

«Ikkovlari: «Ixtiyor qilgan holimizda keldik», dedilar.»

Shunchalar ulkan, mustahkam, kuchli boʻlishlariga qaramay, Allohning irodasi ketishi bilan itoatkorliklarini darhol izhor etdilar. Ha, Alloh taologa hamma narsa hech soʻzsiz, butunlay, oʻz ixtiyori bilan itoat etadi. Faqat ojiz insongina, oʻzidagi kibru havo tufayli, itoatsizlik qiladi. Aqlli odam osmonu yer oʻz ixtiyori ila boʻysunib turgan Allohga buysunmay qolmaydi. Ana shunday Allohga kufr keltirib boʻlarmidi?! Ana shunday Allohga shirk keltirib boʻlarmidi?!