QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят12

فَقَضَىٰهُنَّ سَبْعَ سَمَـٰوَاتٍ فِى يَوْمَيْنِ وَأَوْحَىٰ فِى كُلِّ سَمَآءٍ أَمْرَهَا ۚ وَزَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِمَصَـٰبِيحَ وَحِفْظًا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo`ridik. Bu aziyzu o`ta ilmli Zotning o`lchovidir.Бас, икки кунда етти осмонни барпо этди ва ҳар бир осмонга ишини ваҳий қилди. Биз дунё осмонини чироқлар-ла зийнатладик ва қўридик. Бу азийзу ўта илмли Зотнинг ўлчовидир.Alauddin Mansour: Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishi-vazifasini vahiy qildi (bildirdi). Biz quyi osmonni chiroqlar-yulduzlar bilan bezadik va (uni ofat-balolardan) saqladik. Bu qudratli va bilguvchi Zotning taqdiri — oʻlchovidir.Бас, икки кунда етти осмонни барпо қилди ва ҳар бир осмонга (унга буюрилган) иши-вазифасини ваҳий қилди (билдирди). Биз қуйи осмонни чироқлар-юлдузлар билан безадик ва (уни офат-балолардан) сақладик. Бу қудратли ва билгувчи Зотнинг тақдири — ўлчовидир.

478-sahifa · 24-juz · 48-hizb478-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَقَضَىٰهُنَّbas, ularni barpo etdiбас, уларни барпо этдиسَبْعَyettiеттиسَمَـٰوَاتٍۢosmon qilibосмон қилибفِى-da-даيَوْمَيْنِikki kundaикки кундаوَأَوْحَىٰva vahiy qildiва ваҳий қилдиفِى-ga-гаكُلِّhar birҳар бирسَمَآءٍosmongaосмонгаأَمْرَهَا ۚuning ishiniунинг ишиниوَزَيَّنَّاva Biz ziynatladikва Биз зийнатладикٱلسَّمَآءَosmonniосмонниٱلدُّنْيَاyaqinяқинبِمَصَـٰبِيحَchiroqlar-laчироқлар-лаوَحِفْظًۭا ۚva qoʻridikва қўридикذَٰلِكَbuбуتَقْدِيرُoʻlchovidirўлчовидирٱلْعَزِيزِaziz zotningазиз зотнингٱلْعَلِيمِoʻta ilmli zotningўта илмли зотнинг
TafsirТафсир

Keyin Alloh taolo oʻsha tutun(gaz)dan:

«Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi...»

Bu ishlarni Allohning Oʻzi biladi. Insonga esa yerga yaqin turgan osmondan baʼzi narsalarni bildirib qoʻygan, xolos. Shunday qilib, osmonlaru yer olti kunda barpo qilindi. U kunlar qanday kunlar ekanini Allohning Oʻzigina biladi. Ulamolarimiz, agar Alloh taolo xohlasa, bularni koʻz ochib yumguncha yaratar edi, lekin bandalariga puxtalikni oʻrgatish uchun shoshilgani yoʻq, deydilar

Ikki kunda yetti osmonni yaratgan Zotga kufr yoki shirk keltirib boʻladimi?!

«...va har bir osmonga ishini vahiy qildi.»

Har bir osmonda barcha ish Bizning vahiyimiz asosida, oʻsha vahiyga binoan boʻladi, deb belgilab qoʻydi.

Yo Alloh! Bu naqadar ajoyib! Naqadar ibratli! Inson umuman tasavvur ham qila olmaydigan yetti osmonning barchasida hamma ishlar Allohning vahiyi boʻyicha boʻlsa-yu, hech narsaga arzimaydigan inson oʻziga Alloh tomonidan maxsus yuborilgan vahiyni inkor etsa! Yetti osmondagi butun mavjudot Allohning vahiyi bilan ish koʻrsa-yu, yaqin osmondagi Yer deb atalmish bir zarrada yashovchi «inson» atalmish ojiz bir jonzot Allohning vahiyini inkor etib, oʻzicha turli yoʻllar bilan ish koʻrib yursa! Inson degani naqadar jinoyatchi maxluq! Inson degani naqadar noshukr maxluq! Inson degani naqadar oʻzidan ketgan, kibru havoga berilgan maxluq!

Axir, hajmini, ichlaridagi narsalarni tasavvur ham qilib boʻlmaydigan darajada koʻp va katta boʻlgan yetti osmonning har birida Allohning vahiysi asosida ish koʻrilsa-da, inson Allohga kufr keltirib oʻtirsa, shu toʻgʻri boʻladimi?! Allohga shirk keltirsa, joizmi? Oʻziga kelgan vahiyni afsona, yolgʻon, sehr, toʻqilgan uydirma, deyishi aqldanmi?! Bu vahiy eskirib qoldi, zamonga toʻgʻri kelmaydi, deyishi toʻgʻrimi?! Alloh vahiy qilgan dasturni qoʻyib, oʻzi toʻqib chiqargan dastur asosida yashashi joizmi?!

«Biz, dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qoʻridik.»

Yaʼni, insonga yaqin osmonga yulduzlarni ziynat qilib yaratdik. Oʻsha yulduzlar ila osmonni qoʻriydigan ham qilib qoʻydik. Oʻsha yulduzlar osmonni jinu shaytonlardan qoʻrib turadilar.

Inson boshi ustidagi bepoyon osmonning bir qismidan jinday xabardor, xolos. Bu osmon, baʼzi ulamolar aytishlaricha, shunchalik kattaki, undagi quyosh sistemasining diametri yuz milliard yorugʻlik yiliga tengdir. Yorugʻlik esa, bir soniya(sekund)da bir yuz sakson olti ming mil tezlik bilan harakat qiladi. U tezlikni daqiqaga, soatga, kunga, oy va yilga koʻpaytirsak va soʻngra natijani yuz milliardga koʻpaytirsak, bizga yaqin osmondagi quyosh sistemasining diametri qancha ekanini bilib olamiz. Ana shu osmonni Alloh taolo yulduzlar ila bezab qoʻyibdi. Bu yulduz(chiroq)larning soni haligacha aniq emas. Ayrimlarining kattaligini baʼzi ulamolar taxmin qilganlari maʼlum. Bu narsalarni yaratgan zotni oʻylab, Uning qudratiga qoyil qolamiz, xolos. Shunday qudratli zotga kufr va shirk keltirayotgan, Uning vahiyi asosida yashamayotgan insonlar haqida oʻylab esa, inson naqadar johil, naqadar insofsiz, naqadar nonkoʻr ekanini tan olmasdan iloj qolmaydi.

«Bu aziyzu oʻta ilmli Zotning oʻlchovidir.»

Yuqoridagi narsalarning barchasi hammadan ustun va gʻolib boʻlgan zot –Allohning oʻlchovidir, qilgan taqdiridir. Alloh aziyz (hammadan kuchli, gʻolib va ustun) boʻlgani uchun ham oʻsha narsalarni yaratdi, oʻlchovli qilib qoʻydi. Ammo, Alloh yaratib qoʻygan narsalarni toʻliq idrok qila olmagan inson, Alloh bergan aql bilan ularning hisobiga ham yeta olmay yurgan inson esa, kibru havo ila Allohga kufr keltiradi. Uni inkor etadi. Dinini inkor etadi. Shariatini inkor etadi. Vahiyini inkor etadi. Axir, shunday Allohga kufr keltirib boʻladimi?! Axir, shunday Allohga shirk keltirib boʻladimi?!