QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят13

فَإِنْ أَعْرَضُوا۟ فَقُلْ أَنذَرْتُكُمْ صَـٰعِقَةً مِّثْلَ صَـٰعِقَةِ عَادٍ وَثَمُودَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, agar yuz o`girsalar, sen: «Men sizlarni Od va Samudga kelgan chaqmoqqa o`xshash chaqmoq-la ogohlantirdim», deb ayt.Бас, агар юз ўгирсалар, сен: «Мен сизларни Од ва Самудга келган чақмоққа ўхшаш чақмоқ-ла огоҳлантирдим», деб айт.Alauddin Mansour: Bas, agar ular (yaʼni, Makka mushriklari mana shu tafsilotdan keyin ham yolgʻiz Allohga iymon keltirishdan) yuz oʻgirsalar, u holda ayting: «Men sizlarni xuddi Od va Samud (qabilalarini urgan) chaqmoqqa oʻxshagan bir chaqmoq-halokatdan ogohlantirdim.Бас, агар улар (яъни, Макка мушриклари мана шу тафсилотдан кейин ҳам ёлғиз Аллоҳга иймон келтиришдан) юз ўгирсалар, у ҳолда айтинг: «Мен сизларни худди Од ва Самуд (қабилаларини урган) чақмоққа ўхшаган бир чақмоқ-ҳалокатдан огоҳлантирдим.

478-sahifa · 24-juz · 48-hizb478-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنْbas, agarбас, агарأَعْرَضُوا۟yuz oʻgirsalarюз ўгирсаларفَقُلْbas, aytбас, айтأَنذَرْتُكُمْmen sizlarni ogohlantirdimмен сизларни огоҳлантирдимصَـٰعِقَةًۭchaqmoq-laчақмоқ-лаمِّثْلَoʻxshashўхшашصَـٰعِقَةِchaqmogʻigaчақмоғигаعَادٍۢOdОдوَثَمُودَva Samudва Самуд
TafsirТафсир

Ushbu ogohlantirish haqida Ibn Ishoq Muhammad ibn Kaʼb al-Qaraziydan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Utba ibn Rabiʼa Quraysh boshliqlaridan biri edi. Bir kuni u Qurayshning majlisxonasida oʻtirardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa, masjidda yolgʻiz oʻzlari oʻtirar edilar. Utba:

«Ey, Quraysh jamoasi, borib Muhammad bilan bir gaplashaymi? Unga bir necha ishlarni taklif qilib koʻraman, shoyad baʼzisini qabul qilib qolsa, nimani xohlasa, berar edik, soʻngra bizdan chetlanadi», dedi. Oʻsha payt Hamza roziyallohu anhu Islomga kirgan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari koʻpayib borayotganlari koʻrilib turgan payt edi.

Qurayshliklar:

«Toʻgʻri, ey, Abul Valid, uning oldiga bor. U bilan gaplashib koʻr», dedilar. Utba turib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bordi va gap boshladi:

«Ey, birodarimning oʻgʻli, sen ichimizda oʻzingdek kuchli qabiladansan, nasabing ham maʼlum va mashhur. Sen qavmingga ulugʻ bir ishni olib kelding, u bilan oralariga tafriqa solding. Aqllarini past deding. Xudolarini va dinlarini ayblading. Ularning oʻtgan bobolarini kofir deding. Menga quloq os, senga bir necha ishlarni taklif qilaman, ularga nazar solib koʻr. Shoyad, ulardan baʼzisini qabul qilsang», dedi.

«Ey, Abul Valid, ayt, eshitaman», dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

«Ey, birodarimning oʻgʻli,–dedi Utba,–agar oʻzing keltirgan ushbu ish bilan molu dunyoni xohlayotgan boʻlsang, senga molu dunyomizdan jamlab beraylik, toki ichimizda eng koʻp molu mulklik boʻlgin. Agar u bilan shonu sharafni xohlayotgan boʻlsang, seni oʻzimizga boshliq qilib olaylik, sening izningsiz biror ish qilmaylik. Agar u bilan podshohlikni xohlayotgan boʻlsang, seni oʻzimizga podshoh qilib olaylik. Agar senga kelayotgan bu narsa biror jin yoki sharpa boʻlsa, uni qaytara olmayotgan boʻlsang, tabiblarni olib kelaylik. Toki tuzalib ketguningcha molu dunyomizni sarf qilaylik. Koʻpincha odamga shunday narsa kelsa, davolansa, tuzalib ketadi».

Utba gapini tamom qilguncha quloq solib turgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ey, Abul Valid, gapirib boʻldingmi?»–dedilar.

«Ha», dedi Utba.

«Endi, mendan eshitgin:

«Bismillahir rohmanir rohiym. Haa. Miym», deb «Fussilat» surasini tilovat qilib ketdilar. Sajda oyatini oʻqib, sajda qildilar. Soʻngra:

«Ey, Abul Valid, eshitgan narsangni eshitding. Endi oʻzing bilasan», dedilar.

Utba oʻrnidan turib sheriklari tomon yurdi. Ular bir-birlariga:

«Allohga qasamki, Abul Valid oldimizga ketgandagi yuzidan boshqa yuz bilan kelmoqda», dedilar. U oldilariga kelib oʻtirgach:

«Ey, Abul Valid, nima gap olib kelding?»–dedilar. U:

«Allohga qasamki, men undan hech eshitmagan gapni eshitdim. Allohga qasamki, u sehr emas, sheʼr ham emas, folbinlik ham emas. Ey, Quraysh jamoasi, menga itoat qilinglar. U odamni oʻz ishi bilan qoʻyib qoʻyinglar. Undan chetlaninglar. Allohga qasamki, men eshitgan soʻzga qaraganda, uning ulugʻ xabari boʻladi. Agar boshqa arablar uni daf qilsalar, boshqalar sizni qutqargan boʻladi. Agar u arablardan ustun kelsa, uning mulki sizning mulkingiz boʻladi. Uning izzati sizning izzatingiz boʻladi. Eng saodatli odamlar boʻlasiz», dedi. Ular:

«Ey, Abul Valid, seni u oʻz tili bilan sehrlab qoʻyibdi», dedilar. Utba:

«Bu mening fikrim, oʻzingiz bilganingizni qiling», dedi.

Shunchalik hujjat-dalillardan keyin ham kofir-mushriklar iymondan yuz oʻgirsalar, sen ularga Od va Samud qabilalariga kelib ularni halok qilgan chaqmoq bularni ham halok etishi mumkinligini aytib ogohlantirgin. Chunki, bular ham xuddi oʻshalarning xatosini takrorlamoqdalar.