QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят14

إِذْ جَآءَتْهُمُ ٱلرُّسُلُ مِنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ قَالُوا۟ لَوْ شَآءَ رَبُّنَا لَأَنزَلَ مَلَـٰٓئِكَةً فَإِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda Payg`ambarlar ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham: «Faqat, Allohdan o`zgaga ibodat qilmanglar», deb kelganlarida, ular: «Agar Robbimiz xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Albatta, biz siz bilan yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.Ўшанда Пайғамбарлар уларнинг олдиларидан ҳам, орқаларидан ҳам: «Фақат, Аллоҳдан ўзгага ибодат қилманглар», деб келганларида, улар: «Агар Роббимиз хоҳласа, фаришталарни туширар эди. Албатта, биз сиз билан юборилган нарсага кофирдирмиз», дедилар.Alauddin Mansour: Oʻshanda paygʻambarlari ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham kelishib: «Yolgʻiz Allohgagina ibodat qilinglar», (deganlarida), ular: «Agar Parvardigorimiz (paygʻambar yuborishni) xohlaganida, albatta farishtalarni nozil qilgan boʻlur edi. Bas, (modomiki sizlar farishta emas, balki odamzot ekansizlar) bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan dinga kofirdirmiz», dedilar.Ўшанда пайғамбарлари уларнинг олдиларидан ҳам, орқаларидан ҳам келишиб: «Ёлғиз Аллоҳгагина ибодат қилинглар», (деганларида), улар: «Агар Парвардигоримиз (пайғамбар юборишни) хоҳлаганида, албатта фаришталарни нозил қилган бўлур эди. Бас, (модомики сизлар фаришта эмас, балки одамзот экансизлар) бизлар сизлар элчи қилиб юборилган динга кофирдирмиз», дедилар.

478-sahifa · 24-juz · 48-hizb478-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْoʻshandaўшандаجَآءَتْهُمُularga kelganlaridaуларга келганларидаٱلرُّسُلُPaygʻambarlarПайғамбарларمِنۢ-dan-данبَيْنِoldолдأَيْدِيهِمْtaraflaridanтарафлариданوَمِنْva -danва -данخَلْفِهِمْorqalaridanорқалариданأَلَّاemas (deb)эмас (деб)تَعْبُدُوٓا۟ibodat qilinglarибодат қилингларإِلَّاfaqatфақатٱللَّهَ ۖAllohgaАллоҳгаقَالُوا۟dedilarдедиларلَوْagarагарشَآءَxohlasaхоҳласаرَبُّنَاRobbimizРоббимизلَأَنزَلَalbatta tushurar ediалбатта тушурар эдиمَلَـٰٓئِكَةًۭfarishtalarniфаришталарниفَإِنَّاbas, albatta, bizбас, албатта, бизبِمَآnarsagaнарсагаأُرْسِلْتُمsiz yuborilganсиз юборилганبِهِۦu bilanу биланكَـٰفِرُونَkofirdirmizкофирдирмиз
TafsirТафсир

Paygʻambarlar turli yoʻllar bilan Od va Samud qavmlariga Allohning amrini yetkazdilar. Bari imkonlari va uslublarini ishga soldilar. «Allohdan oʻzgaga ibodat qilmanglar», deb koʻp aytdilar. Ammo mazkur qavmlar bu gaplarga quloq solmadilar. Ular Paygʻambarlarni inkor qildilar. Paygʻambarning oʻzlariga oʻxshagan odamdan boʻlishini tasavvurlariga sigʻdira olmadilar.

«Ular: «Agar Robbimiz xohlasa, farishtalarni tushirar edi», dedilar.Yaʼni, Robbimiz Paygʻambar yuborishni xohlasa, farishtalarni Paygʻambar qilib tushirar edi, sizlar bizga oʻxshagan oddiy odamsizlar, sizlarning Paygʻambar boʻlishingiz mumkin emas, dedilar. Alloh farishtalarni Paygʻambar qilib tushirmagani uchun:

«Albatta, biz siz bilan yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar».

Biz siz bilan yuborilgan dinga, shariatga kofirmiz, uni inkor qiluvchimiz, dedilar.