فَأَمَّا عَادٌ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَقَالُوا۟ مَنْ أَشَدُّ مِنَّا قُوَّةً ۖ أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَهُمْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُمْ قُوَّةً ۖ وَكَانُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا يَجْحَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Od (qavmi) bo`lsa, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qildilar. Ular: «Bizdan quvvatliroq kim bor?!» – dedilar. Ularni yaratgan Alloh o`zlaridan quvvatli ekanini bilmasmidilar?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor etar edilar.Од (қавми) бўлса, ер юзида ноҳақдан мутакаббирлик қилдилар. Улар: «Биздан қувватлироқ ким бор?!» – дедилар. Уларни яратган Аллоҳ ўзларидан қувватли эканини билмасмидилар?! Улар Бизнинг оятларимизни инкор этар эдилар.Alauddin Mansour: Endi Od (qabilasiga)ga kelsak, ular Yer yuzida nohaq kibr-havo qildilar va «Kuch-quvvatda bizlardan zoʻrroq kim bor?», dedilar. Axir ular oʻzlarini yaratgan zot — Alloh kuch-quvvatda ulardan zoʻrroq ekanini bilmadilarmi?! — Va ular Bizning oyatlarimizni inkor qilguvchi boʻldilar.Энди Од (қабиласига)га келсак, улар Ер юзида ноҳақ кибр-ҳаво қилдилар ва «Куч-қувватда бизлардан зўрроқ ким бор?», дедилар. Ахир улар ўзларини яратган зот — Аллоҳ куч-қувватда улардан зўрроқ эканини билмадиларми?! — Ва улар Бизнинг оятларимизни инкор қилгувчи бўлдилар.
Qadimda oʻtgan qavmlardan biri boʻlgan Od qavmi oʻzidan ketib, haddidan oshdi, mutakabbirlik qildi. U qavmning kibru havosi shu darajaga borib yetdiki, hatto,
«Ular: «Bizdan quvvatliroq kim bor?!» – dedilar».
Allohni inkor qilgan, U zotni unutgan har bir tugʻyonkor oʻzida bir oz quvvatni sezsa, shu gapni aytadi. Bu, tugʻyonkorlarga xos yolgʻon sezgidir. Ular haqiqiy quvvat egasini unutib shunday deydilar. Boʻlmasa,
«Ularni yaratgan Alloh oʻzlaridan quvvatli ekanini bilmasmidilar?!»
Ularning aqli joyida boʻlsa, oʻzlarini eng quvvatli, deb aytishdan oldin, qayerdan va qanday dunyoga kelganlarini bir oʻylab koʻrgan boʻlardilar. Nahotki, ular oʻzlarini yaratgan Alloh taolodan ham quvvatli boʻlsalar?! Yoki Alloh taoloning qudratli ekanini bilmasmidilar?!
«Ular Bizning oyatlarimizni inkor etar edilar.»
Shuning uchun ham, yuqoridagi gapni aytdilar. Alloh taoloning oyatlarini rad etish, ulardan ibrat olmaslik turli balo-ofatlarning boshidir. Od qavmi ham Alloh taoloning oyatlarini tan olmadi. Kofir boʻldi. Oqibatda, bizdan quvvatliroq kim bor, deyishgacha yetib bordi. Ammo bu mutakabbirliklari uzoq davom etmadi.