فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِىٓ أَيَّامٍ نَّحِسَاتٍ لِّنُذِيقَهُمْ عَذَابَ ٱلْخِزْىِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَخْزَىٰ ۖ وَهُمْ لَا يُنصَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz ustlariga shumlik kunlarida sorsor shamolini yubordik. Buni ularga hayoti dunyoning xorlik azobini tottirish uchun qildik. Albatta, oxirat azobi xor qilguvchiroqdir va ularga nusrat berilmas.Бас, Биз устларига шумлик кунларида сорсор шамолини юбордик. Буни уларга ҳаёти дунёнинг хорлик азобини тоттириш учун қилдик. Албатта, охират азоби хор қилгувчироқдир ва уларга нусрат берилмас.Alauddin Mansour: Bas, ularga mana shu hayoti dunyoda rasvo — xor qilguvchi azobni totdirib qoʻyish uchun naxsli-shum kunlarda ustilariga bir dahshatli boʻron yubordik. Oxirat azobi esa shak-shubhasiz, yanada xor qilguvchiroqdir va ularga (oʻzlari sigʻinib oʻtgan butlari tomonidan hech qanday) yordam berilmas.Бас, уларга мана шу ҳаёти дунёда расво — хор қилгувчи азобни тотдириб қўйиш учун нахсли-шум кунларда устиларига бир даҳшатли бўрон юбордик. Охират азоби эса шак-шубҳасиз, янада хор қилгувчироқдир ва уларга (ўзлари сиғиниб ўтган бутлари томонидан ҳеч қандай) ёрдам берилмас.
«Shumlik kunlari», yaʼni «yomonlik kunlari» deb oyatda Od qavmi ustiga balo shamoli kelgan payt aytilmoqda. Boshqa oyatda bu «shumlik kunlari»ning yetti kechayu sakkiz kunduz davom etganligi bayon qilingan. U shamol «sorsor» nomi bilan mashhur. U oʻta sovuq va qattiq shamol boʻlib, tekkan joyini kuydirib ketadi. Od qavmi bu dunyo hayotida shunday azobga yoʻliqdi.
«Albatta, oxirat azobi xor qilguvchiroqdir...»
Oxirat azobi bu dunyodagi azobga nisbatan oʻta shiddatli boʻlishi turgan gap.
«...va ularga nusrat berilmas.»
Azobdan qutulishlari uchun ularga hech qanday yordam berilmaydi.