وَأَمَّا ثَمُودُ فَهَدَيْنَـٰهُمْ فَٱسْتَحَبُّوا۟ ٱلْعَمَىٰ عَلَى ٱلْهُدَىٰ فَأَخَذَتْهُمْ صَـٰعِقَةُ ٱلْعَذَابِ ٱلْهُونِ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ammo Samud bo`lsa, bas, Biz ularni hidoyat qildik. Ular esa, hidoyatdan ko`ra ko`rlikni afzal ko`rdilar. Bas, kasb qilgan narsalari tufayli ularni xorlik azobi chaqmog`i urdi.Аммо Самуд бўлса, бас, Биз уларни ҳидоят қилдик. Улар эса, ҳидоятдан кўра кўрликни афзал кўрдилар. Бас, касб қилган нарсалари туфайли уларни хорлик азоби чақмоғи урди.Alauddin Mansour: Endi Samud (qabilasi)ga kelsak, bas, Biz ularni (Toʻgʻri Yoʻlga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qoʻyib, koʻrlikni, zalolatni ixtiyor qildilar. Bas, oʻzlari qilguvchi boʻlgan narsalari (yaʼni, kufrni ixtiyor etganlari) sababli ularni xor qilguvchi azob chaqmogʻi urdi.Энди Самуд (қабиласи)га келсак, бас, Биз уларни (Тўғри Йўлга) ҳидоят қилган эдик, улар ҳидоятни қўйиб, кўрликни, залолатни ихтиёр қилдилар. Бас, ўзлари қилгувчи бўлган нарсалари (яъни, куфрни ихтиёр этганлари) сабабли уларни хор қилгувчи азоб чақмоғи урди.
Samud qavmi ham oʻtgan davrda halokatga uchragan qavmlardan biridir. Alloh taolo Paygʻambar yuborib, ularni hidoyatga daʼvat qilishni buyurdi. Ularning Paygʻambarlari Solih alayhissalom bu amrni bajo keltirdilar. Ammo Samud qavmi:
«...hidoyatdan koʻra koʻrlikni afzal koʻrdilar».
Allohning hidoyatiga yurmagan odam koʻr boʻlmay, kim ham koʻr boʻlar edi?
«Bas, kasb qilgan narsalari tufayli ularni xorlik azobi chaqmogʻi urdi.»
Samud qavmi kasb qilgan kufri va gunohlari tufayli chaqmoqqa uchrab halok boʻldi. Bu chaqmoq xorlik azobi chaqmogʻidir.