وَنَجَّيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirganlarga va taqvo qilib yurganlarga najot berdik.Иймон келтирганларга ва тақво қилиб юрганларга нажот бердик.Alauddin Mansour: Va Biz iymon keltirgan va taqvodor boʻlgan zotlarga (yaʼni, Samud qabilasini hidoyat yoʻliga daʼvat qilgan Solih paygʻambar va u kishiga iymon keltirgan zotlarga chaqmoq balosidan) najot berdik.Ва Биз иймон келтирган ва тақводор бўлган зотларга (яъни, Самуд қабиласини ҳидоят йўлига даъват қилган Солиҳ пайғамбар ва у кишига иймон келтирган зотларга чақмоқ балосидан) нажот бердик.
Solih alayhissalomni va u kishiga iymon keltirganlarni mazkur xorlik azobidan najot berib, qutqarib qoldik.
Bu oʻtgan oyatlarda Od va Samud qavmining tugʻyonlari tufayli azobga duchor etilishlari qissasi kelgan boʻlsa, endigi oyatlarda barcha kofirlarga oxiratda yetadigan azoblar haqida soʻz boradi.